Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet115/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Epidemiologiyasi. Kemiruvchilar (kalamushlar, yumronqoziqlar, sichqonsimon kemiruvchilar, suvaraklar), shuningdek, tuyalar infeksiyaning tabiatdagi asosiy rezervuarlari bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi vaqtga qadar kemiruvchilarning qariyb 300 turi va kichik xillari hisoblangan o‘lat mikrobi tashuvchilari ma’lum. Burga infeksiya tashuvchisi hisoblanadi. Odamga kasallik burga chaqqanda, bevosita bemor kishilar, hayvonlar, ularning jasad va ajralmalari orqali yuqadi. O‘latning o‘pka turiga uchragan bemorlar, ayniqsa xavfli bo‘ladilar, bular odamlarning havo-tomchi orqaln zararlanishi manbalari (o‘latning o‘pka turi yuzaga keladi) bo‘lib qolishi mumkin: Odamlarning o‘latga beriluvchanligi juda katta bo‘ladi. O‘tib ketgan kasallikdan keyin turg‘un immunitet saqlanib qoladi.
Patogenezi. O‘lat qo‘zg‘atuvchisi odam organizmiga teri, shilliq pardalar, nafas yo‘llari, hazm yo‘li orqali tushishi mumkin. Lekin teri qo‘zg‘atuvchining ko‘proq kiradigan joyi bo‘lib hisoblanadi.
Qabul qilingan tasnifga muvofiq, odamda o‘latning quyidagi klinik turlari: bubonli, teri, birlamchi-o‘pka va birlamchi septik turlari tafovut qilinadi. Bakteriya teri orqali kirganda, unda goho o‘ziga xos reaksiya rivojlanib, yara paydo bo‘ladi (teri yoki teri-bubonli turi). Aksari o‘lat tayoqchasi limfa oqimi bilan eng yaqin joylashgan limfa tugunlariga yetib, ularda va atrofdagi to‘qimalarda gemorragik-nekrotik yallig‘lanish (bubonli turlarni) keltirib chiqaradi. Mikroblarning parchalanishi natijasida intoksikatsiya (zaharlanish)ga sabab bo‘ladigan endotoksin ozod bo‘ladi. Keyinchalik qo‘zg‘atuvchi qonga tushib, butun a’zoga tarqaladi (infeksiyaning ko‘plab tarqalishi) va qator a’zolar zararlanishi va ikkilamchi bubonlar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Zotiljamning qo‘shilib kelishi, ayniqsa xatarlidir, chunki bunda kasallikning havo-tomchi yo‘li bilan tarqalishi imkoniyati paydo bo‘ladi. Septik o‘lat, o‘lat mikrobining qonga teri yoki shilliq pardalar orqali kirib, infeksiyaning tarqalishi va ichki a’zoning ko‘plab urug‘lanib ketishi bilan ta’riflanadi. Ularda mikroblar shiddat bilan ko‘payadi, septitsemiya va o‘ta og‘ir zaharlanish yuzaga keladi. Zararlanishning o‘pka turi havo-tomchi yo‘li orqali aniqlanadi. O‘lat mikrobi nafas yo‘llari orqali kiradi. O‘pka to‘qimasida seroz-gemorragik yallig‘lanish yuz berib, nekrotik komponent ifodalangan bo‘ladi. Lobar yoki quyiluvchan zotiljam rivojlanadi. Alveolalar suyuq ekssudat bilan to‘lib, u eritrotsitlar, leykotsitlar va o‘lat tayoqchalaridan iborat. Septik va o‘pka o‘lati juda og‘ir o‘tishi va nihoyatda noxush belgilar bilan ta’riflanadi.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling