Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet116/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Klinikasi. Inkubatsion davr 2—3 kun bo‘lib, o‘latning o‘pka turida esa qisqaroq, emlanganda 8—12 kungacha uzayishi mumkin. O‘lat odatda birdaniga boshlanadi. Et uvishib, tana harorati 39° gacha va bundan ortiq ko‘tariladi. Toksikoz erta paydo bo‘lib, tezda zo‘rayib boradi. Qattiq bosh og‘rig‘i kuzatilib, butun a’zoi badan qaqshab og‘riydi, ko‘ngil ayniydi, bemor qayt qiladi. Es-hush izdan chiqadi, bemor alahlaydi.
Bemor avvaliga qo‘zg‘algan, yuzi va konyunktivalari qizargan, til yo‘g‘onlashgan, oq karash bilan qoplangan bo‘ladi. Qon aylanishi keskin buziladi, tez-tez tomir uradi (minutiga 120—140 va undan ko‘prk), yurak tonlari bo‘g‘iq, arterial bosim pasayadi. Umumiy axvol og‘ir bo‘ladi. Bubonli turda kasallikning 1—2-kunida limfadenit (o‘lat buboni) rivojlanadi. Bubon ustndagi teri oldin o‘zgarmagan bo‘lsa-da, keyin qip-qizil, ko‘kimtir bo‘lib qoladi, yaltiraydi, yonida gemorragik suyuqligi bo‘lgan ikkilamchi pufakchalar paydo bo‘lishi mumkin. Keyinchalik bubon yiringlanadi va yorilib ketadi. Kasallik yengil kechganda bubon to‘la so‘rilib ketishi yoki zichlashishi mumkin. Teri-bubonli turda terida qonli aralashma bilan to‘lgay, qizil-qo‘ng‘ir rangli, qattiq asosli pustula ko‘rinib turadi. Keyin yara hosil bo‘lib, uning tubi qoramtir strup bilan qoplanadi. Bubonli tur yengil o‘tganda, odatda kasallikning 6—11-kunidan boshlab bemor sog‘aya boshlaydi.
Asoratlari. O‘lat pnevmoniyasi (ikkilamchi o‘pka o‘lati, o‘lat sepsisi), ikkilamchi septik o‘lat, o‘lat meningiti, adenoflegmona va boshqalar. O‘latga qarshi emlanganlarda kasallik odatda yengil o‘tadi. O‘latning o‘pka turi o‘ta og‘ir zaharlanish, erta boshlanadigan va zo‘rayib boradigan yurak-tomir faoliyatining izdan chiqishi, o‘pkaning zararlanish belgilari (hansirash-minutiga 40—60 nafas), ko‘krakdagi keskin og‘riq, qon aralashgan, suyuq, ko‘piksimon balg‘am ajraladigan yo‘tal bilan ta’riflanadi. Bemorning o‘ta og‘ir axvolda bo‘lishi va o‘pkada nisbatan katta bo‘lmagan fizikal o‘zgarishlar (kasallikning dastlabki 1—2-kunida) mavjudligi kasallikka xosdir. Ilgari o‘pka o‘lati 2—4 kun ichida o‘lim bilan tugar edi. Hozirgi vaqtda antibiotiklar bilan davo qilish munosabati bilan prognoz birmuncha durust bo‘ladi. Septik o‘lat uchun gemorragik hodisalar (teriga va shilliq pardalarga qon quyilishi, qon aralash qusish, qon ketishi), ifodalangan og‘ir sepsis manzarasi xosdir. Kasallikka davo qilinmasa o‘lim bilan tugaydi.
Tashxisi. Epidemiologik va klinik ma’lumotlarga asoslanadi. Tashxis albatta laboratoriya tekshiruvlari bilan tasdiqlanadi. Bubon suyuqligi (punktat), yaralar, qon, balg‘am, murda a’zolari bo‘lakchalari tekshirish materiallari bo‘lib xizmat qiladi. Material bakterioskopiyasi o‘tkazilib, unga asoslanib oldindan xulosa chiqariladi va yakunlovchi javob odatda tekshiruv boshlangandan keyin kamida 5—7 kunda olinadi.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling