Profilaktikasi. Profilaktika usuli muayyan sistema bo‘yicha tuzilib, quyidagilarni ko‘zda tutadi: a) tabiiy o‘choqlarda odamlar kasal bo‘lib qolmasliklari va kasallik avj olib ketmasligining oldini olish; b) zararlangan yoki o‘lat bilan zararlangan deb gumon qilingan material bilan ishlovchi shaxslarning kasallik yuqtirib qolishlariga yo‘l qo‘ymaslik; v) o‘latning chet eldan mamlakatimizga olib kelinishiga yo‘l qo‘ymaslik.
Profilaktika maxsus ko‘rsatmalarga binoan amalga oshiriladi. O‘lat kasalligiga shubha qilinganda, bemor aniqlangan jamoa, qishloq, shaxar va hokazolarda karantin o‘rnatiladi. Bemorlar va ular bilan aloqada bo‘lgan barcha kishilar ajratib qo‘yiladi. Streptomitsin bilan maxsus oshig‘ich profilaktika o‘tkaziladi. Karantin chora-tadbirlarining barcha kompleksi qat’iyan amalga oshiriladi. O‘latni maxsus profilaktika qilish uchun o‘lat mikrobining YE shtammidan tayyorlangan o‘latga qarshi vaksina ishlatiladi. Bemorlarga xizmat qiluvchi tibbiyot xodimlari o‘latga karshi kiyimlarda ishlab, ish tamom bo‘lgandan keyin to‘la sanitariya ishlovidan o‘tishadi. Xodimlar ustidan puxta tibbiy kuzatuv slib boriladi.
Infeksiyaning chet eldan olib kelinishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan chora-tadbirlar maxsus «Xalqaro sanitariya emlashlari» da ko‘zda tutilgan bo‘lib, ularga: port shaxarlaridan o‘tadigan yuk, bagaj va transport vositalarini sanitariya nuqtai nazaridan albatta ko‘zdan kechirish, yo‘lovchilarni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish, o‘lat bilan og‘rigan bemorlarni va shu kasallik bor deb shubha qilinganlarni aniqlash va ajratish, o‘lat kasalligi tarqagan zonalardan keluvchi shaxslar ustidan vrachlik kuzatuvi o‘rnatish, shuningdek, transport vositalarini deratizatsiya, dezinfeksiya va dezinseksiya qilish kabi choralar kiritilgan.
BOLALAR YUQUMLI KASALLIKLARINING O‘ZIGA XOS
TASHXISI
Ekzantema sindromi bilan kechadigan kasalliklarga erta tashxis qo‘yish
Ekzantema sindromi ko‘pgina yuqumli kasalliklarda uchrab turadi va ko‘pincha differensial tashxis qo‘yish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu sindrom etiologiyasini to‘g‘ri aniqlashda quyidagilarni nazarda tutish lozim:
1) bemorning yoshi va avval o‘tkazgan yuqumli kasalliklar;
2) profilaktik emlashlar;
3) toshma toshish muddati, uning dinamikasi va ayrim elementlari;
4) toshmaning tuzilishi;
5) toshma rivojlanayotgan muhit;
6) allergologik anemnez va olingan davo;
7) toshmaning joylashishi va ayrim elementlarning rangi;
8) yuza shilliq pardalarining ko‘rinishi;
9) toshma o‘zgarishi bilan bemor umumiy ahvolining o‘zgarishi;
10) qorin bo‘shlig‘idagi parenximatoz a’zolar va limfatik bezlarning holati;
11) barcha obyektiv va subyektiv hollarning kompleks bahosi.
ILOVALAR
QIZAMIQ
Do'stlaringiz bilan baham: |