Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти
Download 426.91 Kb.
|
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etiologiyasi
- Epidemiologiyasi
Profilaktikasi. Ishlab chiqilmagan. O‘choqda chora-tadbirlar olib borilmaydi.
«VABO» (CHOLERAE) O‘ta xavfli (karantin infeksiyalariga taalluqli bo‘lgan) kasallik bo‘lib, me’da-ichak yo‘li funksiyasining keskin buzilishi bilan ta’riflanadi, butun a’zoning suvsizlanishi va tuzsizlanishiga olib keladi va keyinchalik barcha hayotiy muhim a’zolar funksiyasining zaharlanishi va buzilishi bilan davom etadi,. Etiologiyasi. Vabo vibrioni uzunligi 1,5—3,0 mkm va eni 0,4—0,6 mkm keladigan tayoqchalardan iborat bo‘lib, ular ko‘pincha vabo vergullari ko‘rinishida bo‘ladi va analin bo‘yoqlarida durust bo‘yaladi. Vabo vibrionlari bitta xivchini borligidan ancha xarakatchan bo‘ladi, sporalar va kapsulalar hosil qilmaydi. Oziqali, ayniqsa ishqorli muhitda yaxshi o‘sadi. 36—40° li harorat vabo vibrioni o‘sishi uchun eng qulay harorat hisoblanadi. Suyuq oziqali muhitda eritrotsitlar gemolizini keltirib chiqarmaslik xususiyati vabo vibrionining muhim belgisi bo‘lib hisoblanadi. Vabo vibrionlari murakkab antigenli tuzilishga ega. Shunga ko‘ra bir necha serologik guruhlarga ajratiladi. El-Tor vibrioni O-guruhga taalluqlidir. Bu guruhda, shuningdek, uchta serologik tur: Ogava, Inaba va Gikoshim turlari farq kilinadi. Vabo vibrionlari past haroratga chidamli bo‘lib, qizdirilganda nisbatan tez halok bo‘ladi. Masalan, 60° li haroratda vabo vibrionlari 30 daqiqadan keyin, 80° li haroratda esa 5 daqiqadan so‘ng nobud bo‘ladi. Ular turli xil kislotalar ta’siriga ayniqsa sezuvchandir. Epidemiologiyasi. Vabo o‘tkir infeksion ichak kasalliklari guruhiga mansubdir. Lekin boshqa o‘tkir infeksion ichak kasalliklaridan farqli o‘laroq, vabo-og‘ir kechishi, qisqa vaqt turli xududlarda aholining: katta qismini zararlantirish xususiyati borligi bilan ta’riflanadi. Vaboning ko‘rsatib o‘tilgan xususiyatlari uni o‘ta xavfli infeksion kasallik deb xisoblashga asos bo‘ladi. Epidemiya avj olganda, dastlab infeksiya o‘chog‘ini aniqlash lozim, aksariyat bu epidemiyalar suvdan tarqaladi (suv epidemiyalari). Odam bittayu-bitta infeksiya manbai hisoblanib, u vabo vibrionlarini kasallik paytida, kasallikdan tuzalgandan keyin yoki sog‘lom tashuvchilik holatida tashqi muhitga ajratadi. Bemor kasallik avj olganda, inkubatsion va rekonvalessensiya davridayoq yuqumli bo‘ladi. Rekonvalessentlar vibrionlarni kasallikning 18—21-kuni va ba’zan 58—60- kunida ham ajratishi mumkin. Vibrion tashuvchilikning uch xili tafovut qilinadi: sog‘lom yoki simptomsiz vibrion tashuvchilar; rekonvalessentli vibrion tashuvchilar; vabo vibrionlarini (ya’ni inkubatsion davrida) tashuvchilar. Epidemiya o‘choqlarida ko‘proq bolalar zararlanadi. Download 426.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling