Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet101/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

TULYAREMIYA (TULAREMEA)

O‘tkir infeksion kasallik bo‘lib, umumiy zaharlanish (intoksikatsiya), isitmalash, limfa tugunlari, tern shilliq pardasi va o‘pkaning zararlanishi bilan ta’riflanadi.


Etiologiyasi. Tulyaremiya qo‘zg‘atuvchisi — V. tutareusae hisoblanadi. Mikrobning katta-kichikligi 0,2—0,7 mkm bo‘lib, tayoqcha yoki kokksimon shaklda bo‘ladi. Mikrob aerob hisoblanadi, sporalar hosil qilmaydi, 37’S da o‘sadi, yuqori haroratga sezuvchan va aksincha, quyi haroratga chidamli bo‘ladi.
Kasallik ko‘zg‘atuvchisi antigenlik jihatdan bir jinsli bo‘lsa-da, lekin virulentligi xilma-xildir. Tulyaremiya qo‘zg‘atuvchisi monotsitlarda va mikroorganizmning boshqa hujayralarida uzoq vaqt mobaynada persistensiya xususiyatiga ega bo‘lgan hujayraaro parazitdan iborat. Bu xususiyat kasallikning surunkali turiga o‘tishiga va zo‘rayib ketishiga imkon beradi.
Epidemiologiyasi. Kemiruvchilar odamning tulyaremiya bnlan asosiy zararlanish manbai hisoblanadi; Infeksiyani yuqtirish usuliga qarab, epidemiya avj olishining bir necha xillari ajratiladi. Qishloq xo‘jaligida kuzatiladigan kasallik ayniqsa donlarni kech yanchigandan kelib chiqadi. Asosan qishloq xo‘jaligi ishchilari kasallanadi. Suv tufayli paydo bo‘ladigan kasallik ariq, ochnq suv havzalari, quduq suvining zararlanishidan kelib chiqadi, bunda tulyaremiya mikroblari suv kalamushlaridan, dala sichqonlaridan o‘tadi. Ovqatdan paydo bo‘ladigan kasallik omborlarda, do‘konlarda, oshxonalarda ovqat mahsulotlariga infeksiya tushib qolganda qayd qilinadi. Transmissiv kasalliklar — infeksiyaning qonso‘rar qo‘shqanotlilar (so‘nalar, iskab toparlar va iksod kanalari) orqali o‘tishidan paydo bo‘ladn.
Patogenezi. Tulyaremiya ko‘zg‘atuvchisi teri qoplamlari, nafas a’zolarining shilliq pardalari, hazm a’zolari, ko‘z shilliq pardalari orqali a’zoga osongina tushadi. Qo‘zg‘atuvchi o‘rnashgan joyidan limfa yo‘llari bo‘ylab regionar limfa tugunlariga tushadi, yallig‘lanish jarayoni ana shu yerda paydo bo‘ladi. Bordi-yu, limfatik to‘siq qo‘zg‘atuvchi yo‘lini to‘sa olmasa, u qonga tushib, qon oqimi bo‘ylab barcha ichki a’zolarga tarqaladi. Qo‘zg‘atuvchi havo-tomchi yo‘li bilan o‘tganda bronxopnevmoniya rivojlanadi. Hujayraviy immunitet reaksiyalari tulyaremiyada immunitet rivojlanishida katta ahamiyatga ega.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling