Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet97/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Patogenezi. Provatsek rikketsiyalari odam organizmiga kirib, tomirlar endoteliysi hujayralariga o‘rnashib oladi. Bu yerda ular jadallik bilan ko‘payib, konga tushadi (rikketsemiya). Rikketsiyalar parchalanishi natijasida endotoksin ozod bo‘lib, u o‘ziga xos intoksikatsiyani yuzaga chiqaradi. Tomirlarning zararlanishi so‘galsimon endovaskulit, perivaskulit, tomirlar tromb bilan tamomila obliteratsiyaga uchraganda destruktiv trombovaskulit rivojlanishida namoyon bo‘ladi. Zararlangan tomirlar, ayniqsa kapillarlar, prekapillarlar, arteriola sohalari atrofida mikroskopik polimorf hujayra elementlari va mikrofaglar to‘plamlari bo‘lgan toshmali terlama — tifoz granulemalar yoki Popov — Davidovskiy tugunlari qayd qilinadi. Ular hammadan ko‘ra ko‘p bosh miyada, teri, buyrak usti bezlarida, miokardda aniqlanadi. Bularning hammasi nerv sistemasi funksional faoliyatining keskin izdan chiqishi (toshmali tifozli meningoensefalit), qon aylanishi buzilishiga olib keladi. Rikketsiyalar inkubatsion davrning oxirgi kunlaridan tortib, to apireksiyaning 3—6-kuniga qadar organ va to‘qimalarda topilishi mumkin. Ba’zi bemorlarda rikketsiyalar sog‘ayganidan keyin ham saqlanib, ko‘p yil o‘tgandan so‘ng toshmali terlamaning qaytalanishiga sabab bo‘ladi (Brill kasalligi).
Klinikasi. Inkubatsion davr 12-14 kun davom etadi. Kasallik odatda o‘tkir boshlanadi. Prodromal holatlar kuzatilmaydi, ba’zan inkubatsiya oxirida oz-moz bosh og‘rishi, et uvishishi qayd qilinadi. Tana harorati 2—3- kunga kelib yuqori raqamlarga ko‘tariladi (38,5—39°S), ba’zan u 1-sutka oxirida ham eng katta raqamlargacha yetishi mumkin. Keyinchalik isitma doimiy xarakterda bo‘lib, kasallikning 4—8—12-kunlari bir oz pasayadi. Qattiq bosh ogrig‘i, uyqusizlik, o‘ta jizzakilik, sezgi a’zolari (eshituv, ko‘ruv, hidlov) giperesteziyasi juda erta yuzaga keladi. Bemor juda holdan toygan bo‘ladi. Kasal qo‘zg‘algan (sergap), serharakat bo‘lib qoladi, yuzi qizargan (giperemiyalangan), shishinqiragan bo‘ladi. Ko‘z konyunktivalari giperemiyalangan, ba’zan mayda qon quyilgan nuqtalar ko‘rinadi (Qiari — Avsin dog‘lari), skleralarga kon quyiladi. Halkumda diffuz giperemiya, yumshoq tanglayda nuqta-nuqta gemorragiyalar paydo bo‘lishi mumkin (Rozenberg enantemasi). Til quruq, yo‘g‘onlashmagan, kulrang-jigarrang karash boylagan (Govorov — Godelye simptomi). Fibrillyar tortishuvlar qayd qilinadi. Teri quruq, tekkanda issiq seziladi, dastlabki kunlari ter ajralmaydi. Taxikardiya, gipotoniya, yurak tonlarining zaiflashuvi, nafas tezlashishi, jigar va taloqning kattalashuvi kuzatiladi (kasallikning 3—4-kunidan boshlab).
Toshma kasallikning 5—4-kunidan toshadi. U ko‘p sonli, polimorf, mo‘l, asosan ko‘krak va qorinning yon sathi terisida, qo‘llarning bukiladigan joyida bo‘ladi, qo‘l kafti va oyoq panjasini qamrab oladi, yuzda hech qachon bo‘lmaydi. Toshma rozeolyozpetexial ko‘rinishda bo‘ladi, rozeolalar diametri 2—4 mm, chetlari xira tortgan bo‘ladi. Ba’zi rozeolalar markazida mayda-mayda kon quyilishi — ikkilamchi petexiyalar paydo bo‘ladi. Toshma 2—3 kun mobaynida toshadi, keyinchalik asta-asta yo‘qolib ketadi (7—8-kundan), bunda bir oz vaqtgacha pigmentlar qoladi.
Toshma toshishi bilan bemorning ahvoli og‘irlashadi. Intoksikatsiya keskin kuchayadi. Qo‘zg‘alishdan keyin odam g‘amgin, xayolchan bo‘lib qoladi. Oral avtomatizm simptomlari (xartumchali, karpomental refleks va boshqalar) aniqlanadi, shuningdek, miya pardalarining ta’syrlanishi («meningizm») qayd etiladi. Bunday hollarda es-hush buziladi, kuchli alahsirash paydo bo‘ladi, toshmali tifoz ensefalit ro‘y berishi ehtimol (qo‘llar tremori, oyoq panjalari klonusi, nafas maromining buzilishi va boshqalar). Qon aylanishining buzilishi zo‘rayib boradi. Tomir tez-tez uradi, kuchsiz, ba’zan aritmik bo‘ladi.
Arterial bosim tushib boradi, ayniqsa diastolik bosim kamayadi. Yurak chegaralari kengaygan, yurak tonlari bo‘g‘iq bo‘lib, yurak cho‘qqisida sistolik shovqin eshitiladi. EKG da tishchalarning umumiy voltaji, PQ intervalining uzayishi, QRS kompleksining kengayishi va T- tishchali bo‘lishi, yassilangan yoki salbiy T-tishchasi, yurak oldi va me’da ekstrasistolalari, yuqori sistolik ko‘rsatkich ko‘riladi. Venoz bosim pasaygan. Bu vaqtda kollaps rivojlanishi ehtimol: kasal o‘zini yo‘qotib qo‘yadi, terisini muzday ter bosgan, lablari ko‘kimtir, nafas tezlashgan, yuzaki, tomir urishi tezlashgan bo‘ladi, diastolik arterial bosim past yoki aniqlanmaydi, yurak tonlari eshitilmaydi.
Kasallik avjiga chiqqanda traxeobronxit va o‘choqli zotiljam (gipostatik tipida) aniqlanadi. Ishtahaning yomonlashuvi, og‘iz qurib qolishi va chanqoqlik qayd qilinadi. Til quyuq jigarrang karash boylaydi, ba’zan chuqur yoriqlari bo‘ladi. Qorin odatdagi shaklda, jigar va taloq kattalashgan bo‘ladi. Ich qotishga moyillik seziladi. Diurez kamaygan, «harorat krizlari» bilan bir vaqtda ko‘payadi. Kasallik og‘ir kechganda siydik to‘xtab qolishi mumkin. Siydikda eritrotsitlar va leykotsitlar (kam miqdorda) topiladi.
Sog‘ayish tana haroratining pasayishi, kasallikning 8—12- kunida lizisning tezlashuvi (asorat qoldirmagan hollarda), asta-sekin bosh og‘rishining kamayishi, uyqu, ishtahaning yaxshilaiishi, ichki a’zolar faoliyatining tiklanishi bilan ta’riflanadi.
Toshmali terlamaning og‘ir turida isitma 11 —16 kungacha (antibiotiklar bilan davo qilmasdan) davom etadi. Kasallikning og‘ir turi yoshi qaytgan bemorlarda kuzatiladi.
Sog‘ayish davrida 1,5—2 hafta mobaynpda infeksiyadan keyingi asteniya qayd qilinadi. Antibiotiklar tayinlanganda tana harorati davolash boshlangandan keyin 2—3 kun o‘tgach asli holiga keladi.
Asoratlari. Yotoq yaralar, gangrena (burun uchi, quloq qovuzlog‘i, oyoq panjalari), yiringli otit, parotit, plevrit, venalar trombozi va o‘pka arteriyalarining tromboemboliyalari.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling