Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet89/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Tashxisi. Shikastlanish anamnezida jarohatning ifloslanish ehtimoli borligiga ko‘rsatmalarni qo‘shgan holda, kasallikning tipik-klinik alomatlariga asoslanib qo‘yiladi. Qoqsholni strixnindan zaharlanish, isteriya, alveolyar yoki ensa abssessi (trizm), spazmofiliyadan ajrata bilish lozim. Chaqaloqlarda qoqsholni tug‘ruq natijasida kelib chiqadigan shikastlanishdan farq qilish zarur.
Davosi. Qoqsholga maxsus immunoglobulin (mushak orasiga 6 ml), 0,5 ml dan anatoksin bir kunda uch marta 3—5 kun oralatib yuboriladi. Shu bilan bir qatorda yurak-tomir vositalari va antibiotiklar ham tayinlanadi. Kasallik og‘ir kechganda maxsus apparatlar yordamida boshqariladigan sun’iy nafas oldirishni qo‘llagan holda traxeotomiya ko‘rsatilgan. Bemorlarni respublika, viloyat va shahar shifokorlarining ixtisoslashtirilgan bo‘limlariga yotqizmoq lozim.
Profilaktikasi. Maxsus profilaktika bo‘g‘ma, ko‘k-yo‘tal va qoqsholga qarshi assotsirlangan vaksina (AQDS) tarkibiga kiradigan qoqshol anatoksini bilan faol immunlash, shuningdek, shikast yetganda emlanmaganlarni faol sust immunlash (0,5 ml anatoksin, maxsus immunoglobulinni 3 ml miqdorda 5 kun oralatib yuborish) yo‘li biln amalga oshiriladi.


ZARDOBDAN YUZAGA KELADIGAN KASALLIK

Xastalik yot jinsli zardobli proteinga sensibilizatsiyalangan organizmning anafilaktik reaksiyasidan iborat bo‘lib, zardob bilan davolangan shaxslarda -aniqlanadi. Kasallik isitma, teriga toshmalar toshishi bilan ifodalanadi.


Etiologiyasi va patogenezi. Zardobdan o‘tadigan kasallik yot jinsli zardobni birlamchi hamda ikkilamchi (ayniqsa ko‘p) yuborishda kuzatiladi. Yaxshilab tozalangan zardoblar ishlatilganda (diafermlar) zardob tufayli yuqadigan xastalik kamroq uchraydi va bir qator yengil turda utadi. Organizmning holati, reaktivligi va allergiyaga moyilligi kasallikning yuzaga kelishida hal etuvchi rol o‘ynaydi. Zardobning katta miqdorlarini yuborish zardob tufayli yuqadigan kasallik rivojlanishiga yordam beradi. Organizm holati, dastlabki sensibilizatsiya, organizmning individual reaktivligi, surunkali o‘choqli infeksiya va boshka omillar anafilaktik reaksiyaning paydo bo‘lishida muhim ahamiyatga ega.
Klinikasi. Zardob dastlab yuborilganda inkubatsion davr 7—12 kun bo‘ladi, dori takror yuborilganda reaksiya bir zumda paydo bo‘ladi. Kasallik nomutanosib xarakterda bo‘lgan isitma va toshma toshishidan boshlanadi. Zardob tufayli paydo bo‘ladigan toshma juda o‘zgaruvchan, uning elementlari tez yo‘qolib, tez paydo bo‘ladi. Ba’zan toshma to‘lqinsimon bo‘ladi. Ko‘pincha, ayniqsa zardob keltirib chiqaruvchi xastalik og‘ir kechganda teri bo‘g‘imlar soxasining shishuvi kuzatiladi. Qon bosimi pasayadi, ba’zan bronxit rivojlanadi, kichik yoshdagi bolalarda ich ketadi.
Periferik qonda leykopeniya, nisbiy limfotsitoz, trombotsitopeniya aniqlanadi, ECHT tezlashgan bo‘ladi. Zardob keltirib chiqaradigan kasallik 3—5 kun davom etadi, goho kasallik qaytalanishi ehtimol.
Toshma oldin zardob yuborilgan joyda paydo bo‘ladi. U ko‘pincha qattiq qichishish, limfa tugunlarining shishuvn, ba’zan bo‘g‘imlarning og‘riq berishi bilan kutiladi, goho aseptik nekroz ro‘y beradi. Anafilaktik shok o‘tkir, shiddatli rivojlanadi. Tana harorati yuqori raqamlargacha ko‘tariladi, umumiy bezovtalanish, issiqlik hissi, bosh og‘rig‘i, qorinda og‘riq turishi, qayt qilish, o‘tkir yurak-tomir yetishmovchiligi belgilari, qon bosimining pasayishi, tomir urishining yo‘qolishi aniqlanadi, sianoz paydo bo‘ladi. So‘ng tana harorati tushib ketadi, bemor hushidan ketadi, talvasalar, o‘z-o‘zidan siyib, axlat ajralishi, muzdek ter, teri qoplamlarining rangsizlanishi qayd etiladi Anafilaktik shok o‘lim bilan tugallanishi mumkin.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling