Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet86/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Epidemiologiyasi. Kuydirgining asosiy infeksiya manbai kasal uy xayvonlaridir. Ifloslangan tuproq ham qo‘zg‘atuvchining manbai hisoblanadi. Kuydirgi bilan og‘rigan hayvonlar butun kasallik davomida kasallik ko‘zg‘atuvchisini siydik, axlat va so‘lak bilan tashqi muhitga chiqaradi. O‘lgan hayvonlarning a’zolari, terisi, juni, qoni va boshqa ajratmalari ham zararli hisoblanadi. Hayvonlarning bu infeksiyaga beriluvchanligi juda yuqoridir. Kuydirgi alimentar, transmissiv va havo yo‘li orqali yuqadi. Kuydirgi bevosita aloqa yo‘li bilan kasal hayvondan sog‘lom hayvonga o‘tmaydi. Kasallik asosan iyun-avgust oylarida ko‘proq kuzatilib, hayvonlarga tuproq va qon so‘ruvchi hasharotlar orqali yuqadi.
Kuydirgi bilan kattalar ham, bolalar ham bir xil og‘riydilar. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, kattalar bolalarga nisbatan ko‘proq kasal bo‘ladilar. 80 foiz hollarda kuydirgi bilan hayvon terisi, juni va boshqa mahsulotlari bilan ishlovchi shaxslar ham kasallanadilar.
Patogenezi. Kuydirgining teri, o‘pka, ichak orqali yuqadigan va septik turlari farq qilinadi. Shuningdek, bu mikroorganizmning immunobiologik xususiyatiga ham bog‘liqdir. Odamda, ko‘pincha teri orqali yuqadigan turi uchraydi. Bunda infeksiya organizmga teri orqali tushadi. Ichak va o‘pka orqali yuqadigan turlari gematogen yo‘l bilan ikkilamchi ravishda rivojlanadi. Kasallikning septik turi ikkilamchi bo‘lib, kuydirgining barcha klinik ko‘rinishlarida rivojlanishi mumkin. Xastalikning birlamchi septik turi ko‘plab miqdorda infeksiya tushganda, qo‘zg‘atuvchi yuqori virulentlikka ega bo‘lganda, shu bilan birga mikroorganizmning ximoyalanish qobiliyati yetarli bo‘lmaganda rivojlanishi mumkin.
Klinikasi. Odamlarda kuydirgining yashirin davri bir necha soatdan 6—8 kungacha davom etadi. Terida turli mahalliy o‘zgarishlar kuzatilib, asosan tananing ochik qismida joylashuvchi kuydirgi karbonkuli ko‘rinishida bo‘ladi. Terining qo‘zg‘atuvchi kirgan joyida dog‘ paydo bo‘lib, keyinchalik missimon qizg‘ish rangdagi papulaga o‘tadi. Bir necha soatdan keyin papula vezekula tomchisiga aylanadi, so‘ng papulaga o‘tadi. bir necha vaqtdan so‘ng pustula o‘rnida qoraygan yara o‘rni hosil bo‘ladi. Yara o‘rni atrofida yangi mayda tomchilardan doiracha hosil bo‘lib, bir necha kundan keyin ular o‘zaro qo‘shiladi va yangi, yirik, qoraygan, qattiq, diametri 5—6 sm gacha yetadigan yara o‘rni hosil bo‘ladi. Atrofidagi teri va hujayralar shishgan va infiltratsiyalangan bo‘ladi. Yara o‘rnida og‘riq kuzatilmaydi. Bemor harorati odatda 39—40°S gacha ko‘tariladi, lekin kasallik yengil kechganda harorat subfebril bo‘lishi mumkin. Kasallik normal kechganda 5—6 kundan keyin harorat pasayadi va shish kamayadi. 1,5—2 haftadan so‘ng yara o‘rnida to‘qimalarning granulyatsiyasi kelib chiqadi va chandiq hosil bo‘ladi. Kasallik og‘ir kechganda sepsis rivojlanib, metastatik o‘choqlar kelib chiqadi va bemorning o‘limiga sabab bo‘ladi.
Odamlarda kuydirgining ichak orqali yuqadigan turi kam uchraydi. Kasallik umumiy holsizlanish, ko‘ngil aynishi, qon aralash qayt qilish, qon aralash ich ketishi, haroratning ko‘tarilishi bilan boshlanadi. Qorinda qattiq, belda doimiy og‘riq paydo bo‘ladi. Kasallik o‘rtacha 2—4 kun davom etadi va o‘tkir yurak yetishmovchiligiga olib kelib, o‘lim bilan tugaydi. O‘pka orqali yuqadigan turi juda kamdan-kam .uchraydi. Kasallikning boshlanishi yuqori nafas yo‘llarining katariga o‘xshaydi. Ko‘krakda og‘riq va siqilish paydo bo‘ladi, umumiy holsizlanish va yuqori harorat kuzatiladi. Yo‘tal avvaliga shilliq balg‘am, keyin qon aralash balg‘am bilan qayd etiladi. Kasallikning 2— 3-kuni yurak faoliyati izdan chiqishi natijasida xastalik bemorning o‘limi bilan tugaydi.
Kasallikning septik turi tez va juda og‘ir kechishi bilan xarakterlanadi, bunda gemorragik o‘zgarish ko‘plab kuzatiladi. Qonda, orqa miya suyuqligida va bir qator a’zolarda katta miqdorda kuydirgi tayoqchalari topiladi. Kuydirgi ba’zi bolalarda alohida xususiyatlar bilan kechadi, Bunda asosan kasallikning o‘tkir boshlanishi xarakterli bo‘lib, umumiy intoksikatsiya alomatlari, miya o‘zgarishlari, bosh og‘rishi, qayt qilish, titroq va hushdan ketish aniqlanadi. Kuchli isitma reaksiyasi kuzatilib, ba’zan uzoq muddatgacha xarorat subfebril bo‘lishi mumkin.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling