Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Prognozi. Kasallikning kechishi yaxshi. Kamdan-kam hollarda o‘lim bilan tugashi mumkin. Davosi


Download 426.91 Kb.
bet85/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Prognozi. Kasallikning kechishi yaxshi. Kamdan-kam hollarda o‘lim bilan tugashi mumkin.
Davosi. Parhez va gigiyenik chora-tadbirlar kompleksidan tashqari, antibiotiklar (penitsillin, eritromnsin, bitsillin-5 va boshq.) odatdagi miqdorlarda 6—7 kun davomida tayinlanadi. Statsionar sharoitida bir palatada yotuvchi bemorlarning hammasini streptokokk reinfeksiyasini keltirib chiqarmaslik uchun bir vaqtda penitsillin terapiyasi bilan davolash kerak. Palatalarni bir vaqtda kasallar bilan to‘ldirib, keyinchalik o‘tkir bemorlarni rekonvalessentlar bilan aloqada bo‘lishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kasallikning og‘ir (septik) turida antibiotiklar kombinatsiyasidan, qon quyish va boshqa davolash usullaridan foydalaniladi. Toksik turida yurak preparatlari (kofein, kordiamin, glukozaning 20—40 ml 10— 20% li eritmasi vena ichiga) tayinlanadi. Glukozaning 5% li eritmasi va Ringer suyuqligi venaga tomchilab yuboriladi. Kasallikning dastlabki kunlarida o‘rin-ko‘rpa qilib yotish lozim. Bunday bemorlar uchun ovqatlanish tartibi va tarkibi odatdagicha buladi.
Profilaktikasi. Bemorlar kasalxonada yoki uyda 10 kun mobaynida ajratib qo‘yiladi. Rekonvalessentlar bilan aloqada bo‘lgan sog‘lom bolalar 7 kun davomida izolatsiya qilinib, shu kunlar davomida har kuni tibbiyot ko‘rigidan o‘tishlari kerak. Skarlatina o‘chog‘idagi streptokokk anginasi bilan og‘rigan bolalar ham izolatsiya qilinishlari zarur. Agar bemor uyda davolansa, xonani har kuni dezinfeksiya qilinadi. Uzoq muddat aloqada bo‘lgan nimjon bolalarga 1—2 miqdorda immunoglobulin yuboriladi. Skarlatinaga qarshi faol immunizatsiya o‘tkazilmaydi. Kasallik o‘chog‘ida kundalik va bemor tuzalgach, oxirgi dezinfeksiya o‘tkaziladi.


KUYDIRGI (ANTRAX)

Umumiy o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, isitma, intoksikatsiya, teri, a’zo va sistemalarning zararlanishi bilan xarakterlanadi. Kasallikni bakteriyalar keltirib chiqaradi.


Etiologiyasi. Kuydirgi odamlarda va hayvonlarda uchraydigan yuqumli kasallikdir. Kuydirgining qo‘zg‘atuvchisi yirik tayoqchaga o‘xshash grammusbat bakteriyadir, uning uzunligi 5—10 mkm, yo‘g‘onligi 1 —1,5 mkm bo‘ladi. Kuydirgi qo‘zg‘atuvchisi harakatsiz, grammusbat, kapsula va sporalar hosil qilish qobiliyatiga ega. Tashqi muhit ta’siriga juda chidamlidir.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling