Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


SOXTA SIL (PSEVDOTUBERKULOZ)


Download 426.91 Kb.
bet75/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

SOXTA SIL (PSEVDOTUBERKULOZ)

Uzoq Sharq skarlatinasiga o‘xshash o‘tkir infeksion kasallik bo‘lib, umumiy intoksikatsiya, isitma, ekzantema, ingichka ichak, jigar va bo‘g‘imlarning shikastlanishi bilan kechadi.


Etiologiyasi. Odamlarda va hayvonlarda soxta sil qo‘zg‘atuvchisi yersinia psudofuberculosis hisoblanadi. Soxta sil iyersiniyalari cho‘zinchoq shakldagi grammanfiy tayoqchalardir. Bulyon kulturasidan olingan surtma bipolyar bo‘yaladi, zanjirsimon joylashadi. Spora hosil qilmaydi, kapsulasi bor. Bu qo‘zg‘atuvchi past haroratda (—18—22°) ham harakatchan. Soxta sil nersiniyasining R- va S- turlari fark qilinadi. R- turi S- turiga qaraganda 2 marta uzun bo‘ladi, o‘zida osmi-ofil kiritmalar va qo‘zg‘atuvchining virulentligi bilan bog‘liq bo‘lgan yirik granulalar tutmaydi.
Soxta sil mikroblari tashqi muhitda, ayniqsa oziq-ovqat mahsulotlarida va tuproqda chidamli bo‘ladi. Bu mikroblar past haroratlarda xam tirik koladi xam ko‘payadi.
Epidemiologiyasi. Kemiruvchilar soxta sil qo‘zg‘atuvchisining manbai hisoblanadi. Ular tashqi muhitni ifloslantirib, sabzavotlar orqali odamlar, ayniqsa katta xo‘jaliklarda saqlanadigan uy hayvonlari va parrandalarning zararlanishiga sabab bo‘ladi, Sabzavotlar saqlab qo‘yilganda qo‘zg‘atuvchi tez ko‘payishi natijasida infeksiya yuqtirish sezilarli darajada o‘sadi. Qator xollarda kasal mushuklar, itlar va boshqa uy hayvonlari bilan alokada bo‘lish ham soxta silga sabab bo‘ladi. Kasallik bilan odamning kasallanishi butun yil davomida qayd qilinadi, lekin kasallik asosan kish-bahor oylarida ko‘payadi.
Patogenezi va patologik anatomiyasi. Odamga kasallik asosan me’da-ichak yo‘li orqali yuqadi. Qo‘zg‘atuvchining organizmga patologik ta’sir etadigan joyi ingichka ichakdir. U ingichka ichak devorlaridan o‘tib, bu yerda birlamchi enterit hosil qiladi.
Soxta sil mikroblari ichakdan qorin limfa tugunlariga o‘tib, limfangoit va regionar limfadenit rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Bu yerda qo‘zg‘atuvchi deposi paydo bo‘lib, u shu yerdan qonga o‘tadi, ichki azolarda toksemiya va gematogen disseminatsiyasini keltirib chiqaradi xamda generalizlangan retikulyozning o‘tkir rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Immunitetning nospetsifik omillari pasayib ketganda qo‘zg‘atuvchi organizmda pasaya boshlaydi. Patogenetik jihatdan quyidagi boskichlar farq qilinadi: yuqish bosqichi—qo‘zg‘atuvchining ichakka o‘tishi. Qo‘zg‘atuvchining moslashuv bosqichi, ya’ni ichak devorlarining invaziyalanishi va undagi qo‘zg‘atuvchining fiksatsiyalanishi, bunda deskvamativ-eroziv enterit rivojlanadi. Regional infeksiya b o s q i ch i, bunda qo‘zg‘atuvchi qorin limfa tugunlariga o‘tib, bu yerda limfangoit va limfadevitning rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Generalizatsiyalanish davri, bunda bakteriyemiya va toksemiya kelib chiqadi, oqibatda o‘tkir generalizlangan retikulyoz, ichki a’zolarning dissirkular o‘zgarishlari, endoperivaskulitlar, peribronxitlar, interstitsial va o‘choqli zotiljam, eroziv-yarali kolit va boshqa kasalliklar kelib chiqadi.
Kasallik yengil kechganda infeksiyaning so‘nish bosqichi boshlanadi, bunda morfologik reaksiyalar sodir bo‘ladi va organizm qo‘zg‘atuvchidan xalos bo‘la boshlaydi.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling