Prognozi. Bemor batamom tuzalib ketadi.
ORNITOZ, PSITTAKOZ (ORNITHOSIS, PSITTACOSIS)
Bu o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, xlamidoz guruhiga mansub qo‘zg‘atuvchilar odamga shu infeksiyaga chalingan qushlar orqali havo-tomchi yo‘li bilan yuqadi. Psittakoz — ornitoz kasalligining to‘tilardan tarqaladigan turidir.
Etiologiyasi. Ornitoz qo‘zg‘atuvchisi mikroorganizmlarning alohida xlamidozalar (ornitoz qo‘zg‘atuvchisi PFUHSH — limfagranulemalar — traxomalar) turiga mansub. Qo‘zg‘atuvchi rikketsiyalar va viruslar oralig‘ida joylashgan. Bu picha kattaroq bo‘lgan hujayra ichidagi parazitdir. Efir va antibiotiklarga, tetrasiklinga sezgir, labillik bilan yuzaga chiqadi va toksigen xususiyatga ega.
Epidemiologiyasi. Ornitoz o‘choqli tabiatga ega bo‘lgan zoonozlar guruhiga kiradi. Qushlar infeksiya manbai bo‘lib hisoblanadi. Bu qo‘zg‘atuvchi odatda qushlarning axlati bilan tashqi muhitga ajraladi.
Kasallik asosan aerogen xavo yo‘li bilan tarqaladi. U odamga aksari parrandalardan (o‘rdak va kurka, ayniqsa kaptarlardan, yarim yovvoyi, yovvoyi kaptarlardan, to‘tiqush va kanareykalardan), shuningdek, boshqa yovvoyi qushlardan ham yuqishi mumkin.
Ornitozga uchragan bemor organizmidagi qo‘zgatuvchi umuman yuqmasligi tufayli atrofdagilarga aytarly xavf tug‘dirmaydi.
Patogenezi va patologik anatomiyasi. Ornitozning qo‘zgatuvchisi asosan bronx va bronxial eritemiylarni, retikuloendoteliy, limfoid to‘qimalar va o‘pkani zararlagan holda hujayra ichida rivojlanadi. Natijada hujayra yoriladi va qo‘zg‘atuvchi qonga o‘tib, virusemiya, toksemiya va organizmdagi allergik o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Shundan keyin qo‘zg‘atuvchi parenximatoz a’zolarga diffuziya orqali o‘tadi. Bunga o‘pka va bronxlardagi ikkilamchi mikroflora qo‘shilib, aralash virusli bakterial jarayon rivojlanadi. Qo‘zg‘atuvchi retikuloendoteliy hujayralarida ushlanib qolishi, keyin yana qonga o‘tib, kasallikning qaytalanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Bu kasallikdagi o‘zgarishlar bronx tomir xarakterida bo‘ladi va intoksikatsiya bartaraf qilingandan keyin xam ancha saqlanib turadi. Bunda bemorlarning bir qismida qoldiq interstitsial yallig‘lanish xolatlari ro‘y beradi.
Murdani yorib ko‘rilganda kataral traxeobronxitni, qismlarga bo‘lingan atelektaz va quyilib qolgan zotiljam fokuslarini ko‘rsa bo‘ladi. Ular kulrang, kulrang-qizg‘ish va binafsha rangda bo‘ladi va o‘pkaning normal to‘qimasidan keskin chegaralanib turadi. Plevra kamdan-kam xollarda zararlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |