Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet61/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Asoratlari. Uoterxauz — Frideriksen sindromi, infeksion-toksik shok, bosh miyaning o‘tkir shishuvi, ko‘ruv, eshituv nervlari hamda nevriti va boshqalar.
Tashxisi. Meningokokkli infeksiyaga klinik-epidemiologik ma’lumotlarga asoslanib tashxis qo‘yiladi. Laboratoriya tashxisi uchun tekshirishning quyidagi maxsus usullaridan foydalaniladi. Likvor va qonni bakteriologik (bakterioskopiya) VIEF usuli, antitelolarni aniqlash uchun PGAR tekshiruvi, nospetsifik tekshirish usullaridan qon va likvorni umumiy analiz qilish.
Differensial tashxisi. Meningokokkli nazofaringitni gripp va boshqa shamollash kasalliklari bilan, shuningdek, qizamiqniig prodromal, ko‘kyo‘talning kataral davrlari, virusli gepatit (sarikoldi kataral varianti) dan farq qilinadi.
Meningokokkemiyani gemorragik isitma, grippning gemorragik turi, toshmali tif, sepsis, qizamiq, qizilcha, iyersinioz, dori-darmondan kelib chiqadigan toksik-allergik dermatitlar va gemorragik diatezlar (Verlgof kasalligi, gemorragik vaskulitlar) dan farq qila bilish zarur.
Meningokokkli meningitda differensial tashxis meningokokkli etiologiyasiz yiringli meningitlar, serozli (yuqumli parotit, bakterial qorin tifi, sil va boshk.) meningitlar, subaraxnoidal qon quyilishi, meningizm xolatlari bilan o‘tadigan o‘tkir yuqumli kasalliklar, talvasali sindromlar, etiologiyasi turlicha bo‘lgan kasalliklarga asoslanib o‘tkaziladi.
Davosi. Nazofaringit bilan og‘rigan bemorlar epidemiologik-klinik ko‘rsatmalarga muvofiq kasalxonaga yotqiziladi. Simptomatik terapiya o‘tkaziladi. Ifodalangan intoksikatsiyada va isitmada 3—5 kun davomida yoshga qarab levomitsetin yoki rifampitsin beriladi. Og‘iz, yutkin bo‘shlig‘ini tozalab turish tayinlanadi.
Meningokokk infeksiyasining generalizatsiyalangan turlariga uchragan bemorlar zudlik bilan, albatta kasalxonaga yotqiziladi. Uy sharoitida penitsillin yoki levomitsetin, suksinatning bir martalik miqdorini yuborish lozim. Shuningdek, prednizolon (0.5— 1 mg/kg), meningit belgilari bo‘lganda laziks (0,5—1 mg/kg) yuboriladi. Etiotrop preparatlar sifatida (300—500 TB/kg) benzilpenitsillin ishlatiladi. Antibiotik bakteriotsid ta’sir ko‘rsatish qobiliyatiga ega bo‘lgani uchun intoksikatsiyani kuchaytirishi mumkin. Shuning uchun kasallikning og‘ir turlarida bemor infeksion-toksik shok bilan og‘irlashgan va miya shishganda levomitsetim-suksinat ishlatgan ma’qul. Levomitsetin bakteriostatik ta’sir ko‘rsatganidan uning klinik ta’sirchanligi penitsillin bilan davolanganga qaraganda bir sutka kechikib bilinadi.
Meningokokkemiya (meningitsiz) bilan og‘rigan bemorlarda antibiotikoterapiya 4—5 kun, meningitda 5 kundan 10 kun, meningoensefalitda 10—14 kun davomida olib boriladi. Antibiotiklarni berishni to‘xtatish uchun likvorni tekshirish ma’lumotlari (limfotsitlar kamida 80 foiz bo‘lganda sitoz 0,1 g/l dan kam) ko‘rsatma bo‘la oladi.
Toksikozga qarshi kurashish uchun elektrolit balansini hpsobga olgan xolda, yetarli miqdorda suyukliklar ichish, venaga poliglyukin, tuzli, eritmalar, gemodez, plazma, albumin zardobini yuborish zarur. Shu bilai bir vaqtda degidratatsiya laziks, furosemid, diakarblar bilan o‘tkaziladi. Ko‘rsatmalar bo‘lganda yurak dorilari, analgetiklar, sedativ vositalar, talvasaga qarshi dorilar tayinlanadi.
Meningokokk infeksiyasining o‘tkir davrida mikrotsirkulatsiyani yaxshilash uchun yoshga bog‘liq miqdorda venaga trental ishlatish mumkin.
Infuzion terapiya kasallikning ogirlashmagan turlarida o‘rta hisobda 1—3 kun, og‘ir turlarida 5 kun qilinib, keyin peroral qabulga o‘tiladi.
Meningokokk infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlarni yaxshilab parvarishlash, sanitariya-gigiyena rejimini to‘g‘ri uyushtirish, vitaminlarga boy to‘yimli ovqatlar berish zarur.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling