Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


INFEKSION MONONUKLEOZ (MONONUCLEOSIS INFECTI)


Download 426.91 Kb.
bet63/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

INFEKSION MONONUKLEOZ (MONONUCLEOSIS INFECTI),
FILATOV KASALLIGI

Isitma, generalizatsiyalangan limfadenopatiya, tonzillit, jigar va taloqning shishuvi va gemogrammadagi o‘zgarishlar bilan kechadigan o‘tkir yuqumli kasallik. Xastalik asosan bolalarda va o‘smirlarda uchrab turadi.


Etiologiyasi, epidemiologiyasi va patogenezi. Kasallik qo‘zg‘atuvchi Epshteyn — Bar virusidir. Virus V limfotsitlarga nisbatan tropizm xususiyatiga ega. Infeksiya og‘iz-burun orqali yuqadi va uncha yuqumli bo‘lmaydi. Kasallik asosini retikulogistiotsitar to‘qima (limfa tugunlar, jigar, taloq), generalizatsiyalangan giperplaziya tashkil etadi va u qondagi o‘zgarishlar bilan xarakterlanadigan qator klinik simptomlar bilan kechadi.
Klinik-gematologik manzarasi. Kasallik o‘tkir boshlanadi, isitma ko‘tarilib, bosh og‘riydi. Yuqori nafas yo‘llarida kataral o‘zgarishlar kuzatiladi. Periferik limfa tugunlari (ayniqsa orqa tomonda) ozgina kattalashgan, to‘lgan sal og‘riq beradi. Taloq va jigar giperplaziyasi kuzatiladi. Qonda leykotsitoz (10—30 ming), ko‘p miqdorda limfotsitlar, limfomonotsitlar va plazmatik hujayralar qayd etiladi. Anemiya kamdan-kam aniqlanadi. Trombotsitlar soni normal yoki ozgina kamaygan, suyak iligi manzarasi o‘zgarmagan. Limfoid va monotsit hujayralari oz-moz uchraydi.
Tashxisi. Klinik-gematologik ma’lumotlar va kasallikning 12 —14-kunlarida qo‘yiladigan musbat serologik (titri 1:40, 1:80) reaksiyalariga asoslanadi. Shubxali hollarda differensial tashxis katta axamiyatga ega. Suyak iligi tekshirilganda o‘tkir leykoz kasalligida uchraydigan blastmetaplaziya aniqlanmasligi shu kasallikdan darak beradi. Shu bilan birga angina, halqum bo‘shlig‘ining lokalizatsiyalashgan difteriyasi, virusli gepatit (sariq turi), qizamiq, shuningdek, boshqa qon kasalliklari, generalizatsiyalangan limfoadenopatiya bilan differensial tashxis qilinadi.
Kechishi. Kasallik 3—4 hafta davom etadi. Xastalik qaytalanganda 3—6 oygacha cho‘zilib ketishi mumkin. Qondagi o‘zgarishlar 1—1,5 yil mobaynida saqlanib turishi mumkin.
Davosi. Simptomatik davo qilinadi. Og‘ir hollarda antibiotiklar (tetrasiklin, penitsillin) tayinlanadi. Gemorragik va gemolitik davo, asoratlari bo‘lganda gavda massasiga 1, 1,5 mg/kg dan prednizolon (qisqa kurslarda) buyuriladi.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling