Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти
Download 426.91 Kb.
|
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Immunoflyuoressent usuli.
- Profilaktikasi
Tashxisi. Guruhli kasbga aloqador bo‘lgan ornitozga tashxis qo‘yish qiyin emas. Sporadik kasalliklarni aniqlash birmuncha kiyinchilik tug‘diradi. Simptomsiz ornitoz ayrim bemorlarni yaxshilab tekshirish natijasidagina aniqlanadi. Kasallikning o‘tkir boshlanishi, isitma ko‘tarilishi, et uvishishi, ko‘p-ko‘p terlash, pulmonal sindrom, nerv sistemasining meningeal simptomlarigacha shikastlanishi ornitozning klinik belgilari hisoblanadi.
Tashxis qondan, balg‘amdan, burun-halqum yuvindilaridan, plevral suyuqligidan (letal hodisalar bo‘lganda), a’zolarning bir bo‘lagidan olingan virusga qarab qo‘yiladi. Virus bemorning qonida birinchi 2 hafta davomida, balg‘amda va burun-halqum yuvindisida esa kasallikning 26- kuniga qadar aniqlanadi. Ornitoz antigenlarining KBR va GATR ko‘rsatkichlari titri manfiydan 1:64—1:128 gacha oshib borishi bilan birinchi haftaning oxiri va ikkinchi xaftaning boshlariga borib musbat bo‘lib qoladi. KBR uchun diagnostik titr 1:16, GATR uchun esa -1:512 va undan yuqori hisoblanadi. Immunoflyuoressent usuli. Bunda teri ostiga ornitoz allergenlari bilan qilinadigan sinama muhim ahamiyatga ega. Reaksiya kasallikni aniqlashda 97,5% musbat bo‘ladi. Musbat reaksiya 2—3 yil, kasallikning surunkali turida esa 3—5 yil va undan ortiq saqlanib qoladi. Differensial tashxisi. Ornitozni gripp, paragripp, adenovirus va boshqa virusli respirator kasalliklari, turli etiologiyali zotiljam, shuningdek, tiflar Ku-isitmasi, tulyaremiya, brutselloz, yuqumli mononukleoz, o‘pka sili, meningit kasalliklari bilan differensial tashxis qilinadi. Tashxis epidemiologik anamnez ma’lumotlari va bemordan olingan materialni laboratoriya usulida tekshiruv natijasiga qarab qo‘yiladi. Davosi. Bemorlarni davolashda kasallikning etiologiyasi va patogenetikasiga asoslaniladi. Bunda kasallik qo‘zg‘atuvchisiga bakteriostatik ta’sir etadigan qator antibiotiklar tayinlanadi. Virusli bakterial zotiljamlarda, ayniqsa tetrasiklinga chidamli floralar bo‘lgan xollarda antibiotiklar kompleksidan foydalaniladi (antibiotiklar xarakteri antibiotikogrammaga binoan tanlanadi). Bemorga yallig‘lanishga qarshi desensibilizatsiyalovchi vositalardan pipolfen, suprastin, dimedrol, odatdagi miqdorda 5—7 kun davomida atsetilsalitsil kislota, shuningdek, vitamin preparatlari, yurak-tomir vositalari, dezintoksikatsiya eritmalari, oksigenoterapiya, kasallik qaytalayotganda esa fizioterapiya tayinlanadi. Kasallik og‘ir kechganda kortikosteroidlar (prednizolon) buyuriladi. Kasallik kaytalanganda uning o‘tkir turidagidek davolanadi. Profilaktikasi. Ornitoz profilaktikasi veterinariya-sanitariya va sanitariya tadbirlaridan iborat. Betob bo‘lgan kishilar kasalxonaga yotqiziladi. Kasal bo‘lib qolgan qushlar bilan ishlashga to‘g‘ri kelgan kishilarda va kasallikning kasbiy o‘choqlarida 2 xafta davomida haroratni o‘lchash, KBR va ortnitoz antigeni bilan teri ostiga sinama qo‘yish orqali kuzatuv olib boriladi. Download 426.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling