Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet54/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

KU-ISITMASI (FEBRIS Q)

O‘tkir rikketsioz kasallik bo‘lib, umumiy intoksikatsiya, isitma va ko‘pincha atipik pnevmoniya alomatlari bilan xarakterlanadi.


Etiologiyasi. Qo‘zg‘atuvchi rikketsiyalar bo‘lib, ular bakterial filtr va kolloid membranalardan o‘tadigan, mayda (uzunligi 0,25—0,5 va kengligi 2—2,5 mk) mikroorganizmlardir. Bernet rikketsiyalari polimorfizm bilan xarakterlanib, mayda kokksimon, tayoqchasimon bipolyar va ipsimon shaklda uchrab turadi. Ular hujayralar ichida parazitlik qilib xayot kechiradi. Odatdagi oziqa muxitlarida ko‘payish qobiliyatiga ega emas. Bernet rikketsiyalari murakkab antigen tuzilishiga va 2 ta antigenlik substansiyaga ega. Yuza substansiya maksimal, ichki korpus turi minimal antigenlik xususiyatiga ega.
Epidemiologiyasi. Bernet rikketsiyalari yuqori xarorat, shuningdek, kimyoviy omillarning ta’siriga chidamli, atrof-muhit va chiqindilarda osonlikcha saqlanib qoladi, oziq-ovqat mahsulotlarida tirik qoladi. Turli xildagi issiq qonli xayvonlar uchun ular yuqori patogenlik va yuqish xususiyatiga ega. Shuning uchun bu kasallik yer sharining turli yerlarida keng tarqalgan. Ku-isitmasi tabiiy o‘choqli zoonozlarga mansubdir.
Patogenezi va patologik anatomiyasi. Ku-isitmasi. turli yo‘llar bilan: ingalatsiya, alimentar, kontakt, transmissiv yo‘l orqali yuqishi mumkin, dastlabki 2 yo‘l epidemiologik jixatdan katta ahamiyatga ega. Xozirgi zamon tasavvuriga ko‘ra, bu umumiy infeksion kasallik bo‘lib, ko‘pgina a’zo va sistemalar zararlanishi bilan kechadi. Patogenezi yuqish yo‘liga xam bog‘liqdir. Organizmga tushgan bir qancha rikketsiyalar generalizatsiya yo‘li bilan retikuloendotelial sistemada ko‘payadi va qon tomirlariga tushib, turli a’zolarning zararlanishiga olib keladi. Ku-isitmasining har xil klinik turlarida nerv, yurak-tomir sistemasi, jigar, buyrak, o‘pka va boshqa a’zolarning turli darajadagi zararlanishi kuzatiladi.
Patologoanatomik tekshiruvda o‘pka to‘qimasi, yurak-tomir sistemasi va parenximatoz a’zolarida maxsus o‘zgarishlar borligi qayd etiladi. O‘pka to‘qimasidagi-bronxlar atrofida, o‘pka chetlarida yoxi o‘pkaning pastki bo‘limlarida yallig‘lanish o‘choqlari osonlikcha aniqlanadi. Mikroskop ostida alveola devorlarining mononuklear infiltratsiyasi va gipotrofik deskvamatsiyasi ko‘rinadi: Qon tomir endoteliysining o‘ziga xos o‘zgarishlari, miya tomirlaridagi perivaskuliy, tomirlar atrofida mayda gemorragiyalar kuzatiladi.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling