Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet56/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Differensial tashxisi. Ku-isitmasini tif-paratifoz, o‘tkir respirator kasalliklar, gripp, brutselloz, virusli gepatitning sariqsiz kechadigan turi kabi kasalliklardan ajrata bilish kerak.
Prognozi qulay.
Davosi. Kun tartibini to‘g‘ri tashkil qilish, puxta parvarish, kasallik turiga qarab oqilona parxez tuzish. Davolash uchun levomitsetin, tetrasiklin, streptomitsin, ampitsillin (yoshga to‘g‘ri keladigan miqdorlarda) kabi antibiotiklar bilan bir qatorda xamma bolalarga patogenetik va simptomatik terapiya ham tayinlanadi. Vitaminlarni ko‘plab tayinlash ham ko‘rsatilgan. Kasallikning og‘ir turlarida plazma va qon preparatlari, shuningdek, qon o‘rnini bosuvchi vositalar quyiladi.
Profilaktikasi. Veterinariya va sanitariya tibbiy tadbirlar majmuasidan iborat. Ku-isitmasi zoonoz kasalliklar turkumiga kirishi tufayli, bunda veterinariya xizmatinn olib boruvchi tadbirlarning axamiyati katta. U tabiiy o‘chog‘larni aniqlash, ularning xillari, tuzilishi va chegaralari bo‘yicha keng ko‘lamdagi choralar kompleksiii amalga oshirishni talab etadi.
Kasallikning uy hayvonlaridan tarqalib ketmasligi va qishloq xo‘jalik o‘chog‘ida uni yo‘qotish choralari ko‘riladi. Kasallikka shubha qilingan hayvonlar ajratib qo‘yiladi va ular serologik tekshirib ko‘riladi.
Oziq-ovqat mahsulotlari va xom ashyo sotuvga veterinariya va sanitariya ruxsati bilangina chiqariladi. Kasal hayvonlarning suti va go‘shtiga maxsus ishlov beriladi. Qishloq xo‘jalik xom ashyosiga (jun, echki momig‘i, xayvonlar terisi) ham paroformalin kameralarida maxsus ishlov beriladi. Ishlash uchun noqulay sharoit bo‘lgan xo‘jaliklarda bolalar va ayollar ishlashiga ruxsat bermaslik kerak. Bunday joylarda ishlaydigan shaxslar shaxsiy gigiyena qoidalariga qattiq rioya qilgan holda, maxsus kiyimlar va poyabzaldan (rezinali) foydalanishlari lozim.
Kasallik profilaktikasida immunizatsiya o‘tkazish muxim chora-tadbirlardan hisoblanadi. So‘nggi vaqtlarda odamlarni Ku-isitmasiga qarshi vaksinatsiyalashga oid ma’lum tajriba to‘plangan.
Ku-isitmasi profilaktikasida sanitariya-kommunal sohasidagi ishlarga doir tadbirlar xam katta ahamiyat kasb etadi. Bunda suv ta’minoti va suv havzalarining qishloq xo‘jalik xayvonlari chiqindilaridan ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik muximdir.



Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling