Kasalxonaga yotqizishdan oldin ko‘riladigan tadbirlar
1. SES ga shoshilinch xabar beriladi.
2. Bemor ajratib qo‘yiladn.
3. Qo‘rsatmalarnl hisobga olgan xolda bemor kasalxonaga yotqiziladi.
4. Davolashdan oldin bakteriologik tekshiruvga axlat olinadi.
5. Simptomik terapiya (gipertermiya, shaytonlashga qarshi kurash) o‘tkaziladi.
6. Bemor uyda davolansa: parhez, antibakterial lreparatlar, nitrofuranlar, sulfanilamidlar, aksiximolinlar, vitaminlar tayinlanadi.
ESHERIXIOZLAR
Fakultativ simptomlar
|
Asosiy simptomlar
|
1. Koliinfeksiya bilan kasallangan bemor bilan muloqat
|
1. Harorat ko‘tariladi, tez-tez qayt qilish kuzatiladi
|
2. Shiddatli yoki asta-sekin boshlanadi
|
2. Eksikoz va toksikoz alomatlari rivojlanadi
|
3. Asosan 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar kasallanadi
|
3. Qorin dam bo‘ladi
|
4. Zaharlanish, tana harorati oshishi, ishtaha kamayishi, kekirish, tez-tez qusish, bezovta bo‘lish yoki holsizlanish kuzatiladi. Bemorning rang-ro‘yi siniqqan, mushaklar tonusi sustlashgan bo‘ladi, gemodinamik o‘zgarishlar, oliguriya, og‘ir holatlarda buyrak usti bezlarining yetishmovchiligi rivojlanadi
|
4. Tez-tez ich ketadi. Axlat suyuq, suvli, ko‘p hajmda, och yashil rangda, shishasimon shilimshiqli bo‘ladi
|
5. Suvsizlanish alomatlari paydo bo‘ladi, vazn kamayadi, teri va shilliq pardalar quruqlashadi, so‘lak quyuqlashadi, til quriydi, bemorning yuz chiziqlari o‘tkirlashadi, boshdagi katta liqildoq ichiga tushib ketadi
|
5. Bakteriologik tekshiruvda EPKI aniqlanadi
|
Do'stlaringiz bilan baham: |