Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Asoratlar. Zaharlanish va ko‘plab qon ketishi natijasida o‘tkir yurak va qon tomirlar yetishmovchiligi, zotiljam. Tashxisi va qiyosiy tashxisi


Download 426.91 Kb.
bet27/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Asoratlar. Zaharlanish va ko‘plab qon ketishi natijasida o‘tkir yurak va qon tomirlar yetishmovchiligi, zotiljam.
Tashxisi va qiyosiy tashxisi. Kasallikning o‘tkir boshlanishiga, epidemiologik anamnezni puxta yig‘ishga e’tibor berish lozim. Hozirgi vaqtda kasallikning virusologik va serologik (KBR, PGAR) aniqlash usullaridan foydalaniladi, lekin bular asosan retrospektiv diagnostik maqsadlarga xizmat qiladi.
Differensial tashxis qilishda xirurgik va ginekologik kasalliklarni nazarda tutish kerak, lekin bu xastaliklarda isitmaga xos bo‘lgan siklik kechish kuzatilmaydi. Noto‘g‘ri tashxis ko‘yish, ko‘pincha ehtiyot bo‘lish chora-tadbirlarini ko‘rmasdan turib, tezda operatsiya o‘tkazishga olib keladi. Kasallikning turli davrlarini leptospiroz, vaboning septik turi, kuydirgining ichakda uchraydigan turi, boshqa gemorragik isitmalar va sepsisdan ajrata bilish zarur.
Davolash. Gemorragik isitma bilan og‘rigan bemorlarni umumiy qoidalar bo‘yicha davolash asosida olib boriladi. Isitmani tushirish uchun 60—180 ml miqdorda giperimmun immunoglobulin va immun zardobi tavsiya etiladi. Bemorlarni kasalxonaga kabul qilishda kasalxona ichi infeksiyasi, hatto parenteral yo‘l bilan yuqishi mumkinligini esda tutish zarur. Kasallik o‘chog‘ida deratizatsion va dezinseksion chora-tadbirlar o‘tkaziladi.


O‘RTA OSIYO GEMORRAGIK ISITMASI (O‘OGI)

Kasallikning yashirin davri 2—4 kun davom etadi. Kasallik o‘tkir boshlanib, kasallik oldi davri bo‘lmaydi. Harorat birdaniga 39—40°S ga ko‘tarilib, qaltirash paydo bo‘ladi, kuchli bosh og‘rig‘i va uyquchanlik kuzatiladi. Ba’zan meningizm holatlari qayd qilinadi. Kasallikka xos belgilar: yuz terisi, bo‘yin va tana qismi giperemiyasi, ko‘z skleralariga qon quyilishi, tez-tez, kuchli qayt qilish. Kasallikning odatiy belgilari: burundan tez-tez va ko‘plab qon, oqishi, qon qusish, ichaklardan ko‘plab qon ketishi, qon tuflash (bu alomatlar ba’zan bemorning hayotiga xavf turdiradi). Qonda leykopeniya, neytrofil yadrolarining chapga surilishi, aneozinofiliya, trombotsitopeniya kuzatilib, ECHT ortadi. Isitma avjida, ko‘p qon yo‘qotish natijasida gipoxrom kamqonlik kelib chiqadi. Harorat 7—10 kun davomida baland bo‘ladi, 2—4 hafta davom etadigan rekonvalessensiya davrida organizmdagi barcha o‘zgarishlar o‘z o‘rniga qaytadi. O‘OGI da o‘lim, xususan uning buyrak sindromlari bilan o‘tadigan turida Qrim gemorragik isitmasiga nisbatan yuqoriroqdir.


Kasallikka tashxis qo‘yish, davolash va profilaktika QGI da qanday bo‘lsa, bunda ham xuddi shunday bo‘ladi.



Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling