OMSK GEMORRAGIK ISITMASI (OGI)
Kasallik uncha ko‘p tarqalmagan, kam uchraydigan yuqumli kasalliklar qatoriga kiradi.
Etiologiyasi. OGI virusi immunologik jihatdan kana ensefaliti virusiga juda o‘xshab ketadi.
Epidemiologiyasi. Ondatralar, suv kalamushlari va, boshqa kemiruvchilar, qushlar infeksiya manbalaridir: Kasallik odamga iksoda, gamaz kanalari va boshqa turdagi kanalar chaqqanida, odam kasal hayvonlarga qarab turganda, laboratoriya sharoitlarida respirator yo‘l bilan yuqadi.
Patogenezi. Kasallik kapillarlar endoteliysi, vegetativ nerv sistemasi, buyrak usti bezlari va qon, yaratuvchi a’zolarga virus ta’sir etishi natijasida kelib chiqadi.
Klinikasi. Yashirin davri 2—4 kun davom etadi. OGI ning klinikasi QGI ning klinikasini eslatadi. Lekin OGI da gemorragik ekzantema doimo bo‘lmaydi, me’da-ichak yo‘llari va boshqa a’zolardan qon ketishi kam uchraydi. Nerv sistemasi tomonidan bo‘ladigan o‘zgarishlar kuchli namoyon bo‘ladi. Bemorlarning bir qismida atipik pnevmoniya yoki bronxit kuzatiladi. Isitma 4—5 kundan-12 kungacha davom etishi mumkin. Periferik qonda leykopeniya, neytrofilyoz, trombotsitopeniya va aneozinofiliya kuzatiladi.
Tashxis qo‘yish, davolash va profilaktikasi KGI singari olib boriladi.
GRIPP VA GRIPPSIMON KASALLIKLAR
(O‘TKIR RESPIRATOR VIRUSLI KASALLIKLAR)
Bu guruhga virusli gripp, adinoviruslar, paragripp viruslari va rinoviruslar sabab bo‘lgan kasalliklar, sinsitial-respirator viruslari va boshqa kasalliklar kiradi.
GRIPP (GRIPPE, INFLUENZA)
Utkir raspirator kasallik bo‘lib, uni turli xil viruslar keltirib chiqaradi. Kasallik o‘tkir boshlanadi, isitma chikadi, umumiy zaharlanish kuzatiladi va respirator yo‘llar zararlanadi.
Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi filtrlanuvchi virusdir. Gripp viruslari nisbatan yirikroq bo‘lib, o‘zida RNK. moddasini tutadi. Bu RNK moddasi komplement bog‘lab olish kobiliyatiga ega bo‘lib, u antigen tuzilishi, antigenlik xususiyatini tezda o‘zgartira olish bilan ta’riflanadi (ayniqsa gripp A viruslari). Axoli ichida grippga nisbatan immun guruhining o‘sishi viruslarning antigenlik xossasi o‘zgargan mutant shtammlarining paydo bo‘lishiga imkon yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |