Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet36/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

DIFTERIYA (DIPHTERIA)

Infeksiyaning kirish darvozasi sohasida fibrinoz yallig‘lanish aniqlanadigan, yurak-tomir va asab sistemasi zararlanishi bilan kechadigan o‘tkir yuqumli kasallikdir.


Etiologiyasi. Qo‘zg‘atuvchi — difteriya tayoqchasi. Uning asosiy xususiyati o‘sish davrida o‘zidan kasallik patogenezida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan toksin ajratib chiqarishidadir.
Epidemiologiyasi. Kasallik manbai — difteriya bilan og‘rigan bemor yoki bakteriya tashuvchidir. Infeksiya asosan havo-tomchi yo‘li bilan o‘tadi. Qo‘zg‘atuvchi bir muncha chidamliligi tufayli har xil buyumlar, shuningdek, kamdan-kam hollarda oziq-ovqat mahsulotlari orqali xam o‘tishi mumkin. Bemor inkubatsiya davrining oxirigi kunlaridan boshlaboq yuqumli bo‘lib qoladi va kasallikning boshidan-oxirigacha va ba’zan undan keyin ham o‘zining shu holatini saqlaydi. Kasallik epidemiologiyasida uning noaniq turi, ya’ni kasallikning aniqlanmay qolishi ham katta ahamiyatga ega. Difteriya tashuvchanlikka infeksiya tashuvchilar kabi kasallar bilan bevosita kontaktda bo‘lib turadigan sog‘lom odamlar ham sabab bulishi mumkin. Difteriyaga 1 yoshdan to 5—7 yoshgacha bo‘lgan bolalar bir muncha beriluvchan bo‘lsalarda, bu kasallik bilan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar ham og‘rishi mumkin. Difteriyaga beriluvchanlik organizmda difteriya antitoksinining yetarli miqdorda bo‘lmasligi bilan izohlanadi. Bu Shik reaksiyasi orqali aniqlanadi: 1/40 bo‘lgan difteriya toksinidan teri ostiga 0,1 ml yuboriladi, terining 1 sm diametrda qizarishi va infiltratsiya paydo bo‘lishi (musbat reaksiya) organizmning bu kasallikka beriluvchanligidan darak beradi. Kasallik o‘tgandan so‘ng organizmda boshqa bolalarda uchraydigan infeksiyalarga qaraganda beqaror maxsus immunitet paydo bo‘ladi.
Patogenezi. Infeksiyaga tomoq, burun, yuqori nafas yo‘llarining shilliq pardalari kirish darvozalari bo‘lib xizmat qiladi, ba’zan kasallik qo‘zg‘atuvchisi ko‘z konyunktivasi, tashqi jinsiy a’zolarning shilliq pardasi va shikastlangan teri orqali organizmga tushadi. Difteriya mikrobi tushgan joyda fibrinoz yallig‘lanish kuzatiladi va u yerdan organizmga qon, limfa va boshqa yo‘llar orqali toksinlar tarqay boshlaydi.. Fibrinoz yallig‘lanish yuzaroq, krupoz yallig‘nish esa birmuncha chuqurroq joylashgan bo‘ladi. Bunda difterik xarakter kasb etib, to‘qimalardan ajraladigan fibrinoz parda hosil bo‘ladi. Shu jarayonda qon to‘lib oqishi natijasida regionar limfatik tugunlar kattalashadi, hujayra elementlarida ba’zan to‘satdan: teri osti kletchatkasini qoplab oladigan shish daydo bo‘ladi. Organizmga yana toksinlar tushishi nerv sistemasini, yurak-tomir va endokrin sistemasini zaharlab ishdan chiqaradi, qon aylanishini buzadi, yurak mushaklarini va buyrakni shikastlaydi, falajlik rivojlanadi.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling