Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти
Download 426.91 Kb.
|
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Prognozi.
Tashxisi. Klinik belgilar asosida, epidemiologik anamnezni hisobga olgan holda va laboratoriya usullaridan foydalanib, tashxis qo‘yiladi. Axlatni bakteriologik tekshirish katta aqamiyatga ega. Dizenteriya mikroblarini zkma usulda olish ancha beqarordir. (15 dan 60 foizgacha). Agglutinatsiya reaksiyasi (Vidal) ham dizenteriya tayoqchalari kulturasi bilan ma’lutl diagnostik ahamiyatga egadir. Bu reaksiya Zonne uchun 1 : 100, boshqa turlar uchun 1 : 200 eritmasida isbotlovchi hisoblanib, uning qaytadan qo‘yilishi ahamiyatga egadir. Kasallik dinamikasida PGAR dan foydalaniladi. Natijasini koprologik usulda tekshirish ham bevosita ahamiyatga zga (leykotsitlar va ayniqsa eritrotsitlarning axlatda ko‘payib ketishi hisobga olinadi). Katta yoshdagi bolalarda rektoromanoskopiya qo‘llanib, go‘dak yoshdagi bolalarda bu narsa man etiladi.
Dizenteriyani kelib chiqishi jihatidan turlicha bo‘lgan kolitlardan, ichaklar koliinfeksiyasidan, toksik dispepsiyadan, parenteral dispepsiyadan, lyambliozdan, to‘g‘ri ichak kolitlaridan va ichak invaginatsiyalaridan differensial tashxis qilish lozim. Salmonellyozlarda, ichaklar invaginatsiyasida, shartli patogen mikroblar sabab bo‘lgan diareyalarda, amyoba dizenteriyalarnda, gijja invaziyasida bolalarda kasallikning birdan boshlanishi, betoqatlanish kuzatilib, axlat faqat shilimshiq moddadan iborat bo‘ladi. Tashxisga to‘g‘ri ichakni barmoq bilan tekshirish (invaginatni ushlash, barmoqlarda qon paydo bo‘lishi) xam yaxshi yordam beradi. Prognozi. Dizenteriyaning oqibati organizmning himoyalanish kuchiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘pincha kasallik yengil kechsada, lekin o‘lim hollari ham uchrab turadi. Davolash. To‘g‘ri tashkil etilgan kun tartibi, diqqat bilan bemorga qarash, ratsional parhezdan iborat. Bemorlarni gospitalizatsiya qilganda reinfeksiyaning oldini olish maqsadida rekonvalessentlarni o‘tkir bemorlar bilan birga yotqizish mumkin emas. Parhez bemor yoshini hisobga olgan holda tayinlanishi lozim. Kasallikning o‘tkir davrida ovqat ichaklarni avaylaydigan bo‘lishi, lekin bemor och qoladigan darajada bo‘lmasligi kerak. Ko‘krak yoshidagi bolalar uchun yaxshi davolash taomi — bu ko‘krak sutidir, ovqat bilan sutli aralashmalar (kefir) berish kerak. Kattaroq yoshdagi bolalarga aralash uglevod-oqsilli parhez taomlar berish tavsiya etiladi. Dizenteriyani davolashda antibiotiklar keng qo‘llanadi (polimiksin, kanamitsin). Nevigramon, furazolidon 5—7 kun davomida beriladi. Dizenteriyaning toksik turida differensial regidratatsiya o‘tkaziladi. Masalan, birinchi o‘ringa neyrotoksikoz sindromining belgilari chiqib olsa, venaga yuqori osmotik konsentratsiyali eritmalar (10— 20% li glukoza 20—40 ml, plazma 50 ml va undan ko‘proq polivinil pirrolidon) yuborish lozim. Toksikoz eksikoz bilan birgalikda kechgan bemorlarda regidratatsiya o‘tkaziladi. Organizmning suvsizlanishi bilan kechadigan eksikozda (serxarakatlilik, betoqatlik uyqusizlik, chanqoqlik, fontansimon qayt qilish, siydikning kamayib ketishi, miya liqildog‘ining pastga tushib ketishi) vena ichiga 5—10% li glukoza va tuzli eritmalar (Ringer eritmasi, fiziologik eritma yoki 2 yoki 3 : 1 nisbatda) yuborilishi lozim. Tuz kamayib ketishi bilan kechadigan eksikozda (bexollik, adinamiya, hushdan ketish, sianoz, taxikardiya, qon bosimining tushib ketishi, jigarning shishishi) 1 yoshdan katta bo‘lgan bolalarda yuqorida ko‘rsatilgan nisbat aksincha bo‘lib, 1 yoshdan kichik bolalar uchun tuzli eritmalarning miqdori yuboriladigan barcha suyuqlikning 50 foizini tashkil etishi, keyinchalik esa 20—30% gacha kamaytirilishi kerak. Yuboriladigan suyuqlikning umumiy mikdori 1 sutkada tananing 1 kg og‘irligiga 80—150 ml ni tashkil etishi lozim. Toksikoz sindromi eksikoz bilan birgalikda kechganda kaliy tuzlari davolashning zarur komponeiti hisoblanib, 1 sutkada tana og‘irligining har 1 kg vaznnga 40—80—150 mg hisobida beriladi. Download 426.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling