Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet37/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Klinikasi. Inkubatsion davr 2 kundan 10 kungacha davom etadi. Patologik jarayonning qayerda rivojlanishiga qarab, kasallikning klinik turi xilma-xil bo‘ladi. Difteriyaning og‘iz, burun, halqum, traxeya va bronx, ko‘z, tashqi jinsiy a’zolar, teri, kindik yaralari (bolalarda) paydo bo‘lishi, shuningdek, og‘iz va burun, halqum va hiqildoqning shikastlanishi bilan birga kechadigan xillari mavjud.
Halqum difteriyasi birmuncha ko‘p uchraydigan turlariga kiradi va bu ham o‘z navbatida lokalizatsiyalangan (orolsimon va pardasimon), shuningdek, I, II, 111 darajali toksik turlarga bo‘linadi. Emlangan bolalarda difteriyaning ko‘pincha orolsimon (yengil) turi uchraydiki, bunda bodomcha bezlarining yuzasida oq karashlar paydo bo‘ladi. Difteriyaning lokalizatsiyalangan turida pardasimon oq karashlar bodomcha bezlaridan boshqa joylarda kuzatilmaydi. Avval ular quyuq o‘rgimchak to‘ri ko‘rinishida bo‘ladi (bodomcha bezlara kattalashgan va ozgina qizargan bo‘ladi), tez orada oqimtir-kulrang tus oladi, to‘qimalarga yopishib ko‘chirib olinganda o‘sha joy konab turadi. Bemorlarda ozgina zaharlanish belgilari paydo bo‘ladi, harorat 38° gacha ko‘tariladi, ovqat yutganda .tomoq bir oz og‘riydi. Difteriyaning tarqalgan turida intoksikatsiya belgilari yaqqol yuzaga chiqadi, harorat yuqori bo‘ladi, karashlar zichroq joylashib, butun bodomcha bezlaridan tashqari, halqumning shilliq pardasini, tanglay ravoqlarini, yumshoq tanglayni, tilchani, yutqin devorlarini qoplaydi. Difteriyaning toksik turi sensibillangan organizmning giperergik reakskyasi bilan namoyon bo‘lib, keng mahalliy shikastlanishlar va umumiy ahvolining yomonlashuvi bilan kechadi. Haroratning ko‘tarilishi, bosh og‘rishi, et uvishishi, qayt qilish, bo‘yin limfa tugunlarining kattalashishi, yaqqol bodomcha bezlarida chegaralanmagan va uncha katta bo‘lmagan karashlarning paydo bo‘lishi uning eng birinchi belgilari hisoblanadi. Keynnchalik karash tez tarqalib ketadi, halqum shilliq qavatida va limfatik tugunlar sohasidagi bo‘yin teri osti kletchatkasida shish paydo bo‘ladi. Bo‘yindagi shishning katta-kichikligiga qarab difteriyaning I darajadagi toksik turi (shishning bo‘yin yarmigacha tarqalishi), II darajasi (o‘mrovgacha) va III darajasi (o‘mrovdan pastgacha) farq qilinadi. Difteriyaning toksik turida og‘izdan chuchmal-qo‘lansa hid kelib turadi, nafas harakatlari qiyinlashib, shovqin chiqaradigan, xirillaydigan bo‘lib qoladi. Diftepiyaning turli ko‘rinishdagi subtoksik, gipertoksik (jadal), gemorragik (shikastlangan shillik qavatlardan qon oqishi, qon quyilishi) va gangrenoz (og‘iz va yutkin to‘qimalarining parchalanishi bilan kechadigan) turlari mavjud bo‘lib, bulardan oxirgisi kamdan-kam uchraydi.
Hiqildoq difteriyasi yoki chin difteriya krupi ko‘pincha 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda uchraydi. Kasallikning bu turida tovush bo‘g‘iq bo‘lib qoladi, yo‘tal zo‘rayadi, nafas olish stenotik bo‘ladi. Bu simptomlar ikkilamchi krupdan farq kilib, to‘satdan paydo bo‘lmasdan asta-sekin 1—3 kun davomida paydo bo‘ladi. Stenoz nafas olish ancha shovqinli, xirillash bilan kechadi, bunga sabab, havo tomoqnikg qisilgan teshigidan chiqib, ko‘krakning oson bosiladigan sohasining nafas olish vaqtida botishidir. Difteriya krupining turli ko‘rinishlaridan biriga o‘zining og‘ir kechishi bilan ajralib turadigan tarqoq krui ham kiradi.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling