Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти
Download 426.91 Kb.
|
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- KAMPILOBAKTERIOZ (CAMPULOBACTERIOSIS)
- Etiologiyasi
Profilaktikasi. Hamma bolalarga difteriyaga qarshi vaksina yuborish shartdir. Vaksinatsiyalash qo‘shma preparat — ko‘kyo‘tal-difteriya-koqshol zardobi bilan olib boriladi. Birlamchi vaksina 3 oyli bolalarga yuboriladi. Vaksina 45 kundan oralatib uch marotaba yuboriladi. Revaksinatsiya ikki marotaba vaksinatsiya tamomlangandan so‘ng 1,5—2 yil o‘tkazib va bola 3 yoshdaligida o‘tkaziladi. Monovaksina (difteriya anatoksini) bilan ko‘kyo‘tal bilan og‘rib o‘tgan bolalar va ko‘kyo‘tal zardobi bilan emlangan bolalar emlanadilar. Utkazilgan vaksinatsiyaning natijasi qandayligini PGAR orqali tekshiriladi.
Tashkiliy profilaktika chora-tadbirlari bo‘lib, difteriyaga gumon qilingan bemorlarni darhol kasalxonaga yotqizish, doimiy va yakunlovchi dezinfeksiya qilish, bemor bilan bevosita kontaktda bo‘lganlarni bakterirlogik tekshirish hisoblanadi. KAMPILOBAKTERIOZ (CAMPULOBACTERIOSIS) Kasallik zoonoz tabiatli o‘tkir xastalikdir. Turli xil serotiplari orqali yuzaga keladi. O‘tkir boshlanadi, isitma ko‘tarilishi, asosan me’da-ichak yo‘lining zararlanishi bilan xarakterlanadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda ko‘pincha septik ko‘rinishdagi kasallik bilan birga kechadi. Etiologiyasi. Kampilobakteriozning qo‘zg‘atuvchisi bo‘lib - Campylobacter fetus jejuni kabi turli serotipdagi bakteriyalar xisoblanadi. Kampilobakteriozning xayvonlar orasida tarqalgan boshqa turlari odam uchui xavf tug‘dirmaydi. Kampilobakteriyalar egilgan tinish belgisi shaklidagi (vibrion), 5—2 mkm uzunlikdagi, 0,3—0.5 mkm qalinlikdagi xivchinli serharakat grammanfiy tayoqchadir. Ularning ipsimon shakldagilari ham uchraydi. 1% glitserin qo‘shilgan agar muhitida o‘sadi. O‘sish uchun eng qulay sharoit 37°S. Qon qo‘shilgan muxit gemolizga sabab bo‘lmaydi, o‘zidan indol va ammiak ajratmaydi, jelatinani quyuqlashtirmaydi, sutni ivitmaydi, serovodorod hosil qiladi. Termostabil (issiqlikka chidamli) O- antigeni va termolabil N- antigenlari mavjud. Brutsellalar bilan antigen bog‘lanishi qayd etilgan. Qo‘zg‘atuvchi 23 serotipga (variantga) bo‘linsa-da, odam patologiyasida birinchi uchtasigina, ahamiyatga ega. Kampilobakterioz kasalligining deyarli yarmini shu qo‘zg‘atuvchilar keltirib chiqaradi. Qo‘zg‘atuvchi qizdirilganda tezda inaktivlanadn. Xona haroratida 2 haftagacha, pichan, suv, go‘ngda 3 haftagacha, hayvonlarning muzlagan tanasida bnr necha oygacha yashaydi. Dengiz cho‘chqachalari va olmaxon uchun patogendir. Eritromitsin, levomitsetin, kanamitsin, tetrasiklin, gentamitsinga sezgir, penitsillinga sezgirligi kamroq. Sulfanilamid preparatlariga, grimetaprimga deyarli sezuvchan bo‘lmaydi. Download 426.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling