Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Prognozi. Yomon emas. Davolash


Download 426.91 Kb.
bet48/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Prognozi. Yomon emas.
Davolash shart zmas. Bemor toshma toshgan kundan boshlab 6 kungacha alohida yotishi lozim.
QIZAMIQ (MORBlLLI)

Isitma ko‘tarilishi, intoksikatsiya, yuqori nafas yo‘llari shilliq qavatining zararlanishi, terida qizil toshmalarning paydo bo‘lishi xarakterlanadigan o‘tkir yuqumli kasallikdir.


Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi juda «uchuvchan», tashqi muxitga chidamsiz bo‘lgan filtrlanuvchi virusdir. Qizamiq virusi paramiksoviruslar oilasiga kirib, tarkibida RNK-polimeraza, murakkab antigenlar tutadi. Virionning asosiy subbirliklari — gemagglyutinin, gemolizin, nukleokapsid va membrana oqsili immunogenligi darajasi bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Qo‘zg‘atuvchi antibiotiklarga ancha chidamlidir.
Epidemiologiyasi. Kasallik manbai faqat qizamiq bilan og‘rigan bemor bo‘lib, u kasallikning birinchi belgilari paydo bo‘lgan davrdan boshlaboq atrofdagilar uchun xavfli bo‘lib qoladi. Ammo xastalikning 5-kuniga kelib (pnevmoniya asoratlari, bo‘lganda 11-kunidan boshlab), yuqumlilik xususiyatini yo‘qotadi va atrofdagilar uchun xavfsiz bo‘lib qoladi. Infeksiya asosan havo-tomchi yo‘li bilan tarqaladi. Kasallikka moyillik onalari qizamiq bilan og‘rib o‘tgan, uch oylikkacha bo‘lgan chaqaloklardan boshka xamma yoshdagi odamlarda xam juda yuqoridir. Yuqumlilik darajasi 90—95% ni tashkil qiladi. Qizamiq bilan ko‘proq kasallanish 1 yoshdan tortib 4—8 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qayd etiladi. Keyingi yillarda emlashning turli kamchiliklari sababli, qizamiq katta yoshli odamlar orasida xam qayd etilyapti. Qizamiq bilan og‘rishning katta qismi o‘spirin yoshlarga, ozroq qismi esa katta yoshli odamlarga to‘g‘ri keladi.
Kasallik bilan og‘rish yilning xamma fasllarida qayd etilsada, ammo kuz-qish oylarida ko‘proq kuzatiladi. Kasallikning qaytalanish xollari kamroq uchraydi. Qizamiq bilan og‘rib o‘tgandan so‘ng odamda turg‘un immunitet paydo bo‘lishi tufayli kasallikning qaytalanishi kam uchraydi.
Patogenezi. Yuqori nafas yo‘llari shilliq qavati va ko‘z infeksiyaning kirish darvozasi bo‘lib xizmat qiladi. Virus organizmga tushgach, qonda aylanib yuradi va nafas yo‘llari epiteliysi va markaziy nerv, sistemasi hujayralarini zararlantiradi. Qizamiq virusi o‘zgacha tropizm va MNS (markaziy nerv sistemasi)ni zararlantirish xususiyatiga ega. Qizamiq organizmni allergiya holatiga keltirib, uni keskin zaiflashtiradi, natijada immunkompetent bo‘lgan xujayralar yemirilib, periferik konda T- limfotsntlar soni kamayib ketadi. T- immun yetishmovchiligining keskin ko‘payishi ayniqsa go‘dak bolalarda kuzatiladi. Qizamiqning tuzalishi immun jarayonlar o‘tishiga bog‘likdir. Qizamik toshmasi infeksion dermatitga o‘xshab ketadi. Toshmalar tarqalishi, o‘zida antigen saqlaydigan teri qoplami hujayradari bilan immun javobgar limfotsitlar o‘rtasidagi reaksiya natijasidir. Qizamiq bilan og‘rish dazomida bemor organizmida chuqur reaktiv o‘zgarishlar vujudga keladiki, natijada uning ximoya kuchining pasayishi sababli bemor ikkilamchi infeksiyaga beriluvchan bo‘lib qolishi, kasallik asorat qoldirishi mumkin.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling