Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet44/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Epidemiologiyasi. Kasallik manbai bo‘lib, o‘zidan ko‘plab qo‘zg‘atuvchilar ajratadigan va infeksiyani tashib yuradigan bemor bola hisoblanadi. Kasallik bemor bilan bevosita aloqada bo‘lganda yuqadi. Endogen infeksiya ehtimoli ham mavjud. Mazkur infeksiyaga bola xayotining birinchi oylarida va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar moyil bo‘ladi.
Ichak tayoqchalarining ma’lum serotiplari bolalar yaslilarida, bolalar somatik kasalxonalarida ichburug‘ epidemiyasi tarqalishida etiologik omil bo‘lib xizmat qiladi. Kasallik butun yil mobaynida qayd etiladi. Yopiq bolalar muassasalarida qish oylarida ham kasallik tarqalishi mumkin. Bu xastalikka yosh va nimjon, tez-tez kasal bo‘lib turadigan bolalar moyilroq bo‘ladi.
Patogenezi. Kolliinfeksiya qo‘zg‘atuvchilari ingichka ichakda joylashib, u yerda ko‘payadi. Ichakda enterit belgilari aniqlakadi. Kolliinfeksiya toksinlari (issiq-likka o‘rtacha chidamli bo‘lgan fraksiyasi) vabo toksinlariga yaqindir. Toksinlar ichak epiteliy hujayralariga bog‘lanib, adenilsiklazani faollashtiradi va natijada ko‘plab suv va xloridlar ajralib chiqa boshlaydi. Issiklikka chidamli bo‘lgan enterotoksin me’da-ichak yo‘lining sekretor faolliginn oshiradi.
Invazion shtammlar ichak epiteliylari hujayralariga o‘tib, xuddi shigellalarga o‘xshab ko‘payish xususiyatiga ega.
Klinikasi. Inkubatsion davri 1 kundan 20 kungacha davom etadi. Kasallikning klinik namoyon bo‘lishi juda xilma-xildir. Kasallik isitma ko‘tarilishi, zaharlanish simptomlari, ich ketishi, qayt qilish kabi bedgilar bilan o‘tkir boshlanadi.
Bemorning ichi suyuq, suvsimon, och-sariq rangda, ba’zan ko‘kimtir shilimshiq bo‘lib, tez-tez keladi. Ko‘pincha meteorizm kuzatiladi. Xastalikniig og‘ir shakllarida eksikoz bilan birga toksikoz rivojlanadi. Kasallikning yengil o‘rtacha og‘ir va og‘ir, shuningdek, yashirin va abortiv turlari mavjud. Otit va pnevmoniya uning ko‘p uchraydigan asoratlaridir.
Prognozi. Kasallik natijasi bolaning yoshiga, uning premorbid holatiga, ma’lum darajada qo‘zg‘atuvchining serologik turiga bog‘liq. 0111 turidagi serologik infeksiya tufayli yuzaga kelgan kasallik ancha og‘ir kechadi.
Tashxisi. Tashxisda axlatdan, qusuqdan yoki me’dani yuvilgan suvdan ajratib olingan ichak tayoqchalarining patogen shtammlarini bakteriologik tekshirish hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shuningdek, serologik usullari (agglutinatsiya va gemagglutinatsiya reaksyalari) dan foydalaniladi. Bu reaksiyalar kasallik avj olib borayotganda, antitelolar titrining o‘sib borishini hisobga olgan holda ishlatiladi. Kasallikni differensial tashxis qilganda dizenteriya, salmonellyozlar, shuningdek, deno va enterovirus kasalliklarni xam nazarda tutish lozim.
Davosi. Davolash bolalardagi boshqa ichak kasalliklari kabi olib boriladi. Antibiotiklardan (kolimitsik, gentamidi, kanamivdsh va polimiksin sulfat bir sutkada 1 kg tana og‘irligiga 25—50 mg hisobida) yuborib 5—7 kun davo qilinganda yaxshi natija beradi.
Profilaktikasi. Kasallikning profilaktikasida chaqaloqlarni to‘g‘ri emizish, kun tartibiga amal qilish, yuksak turmush gigiyenasi, o‘tkir ichak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni diagnostika bo‘limiga darhol alohida yotqizish muxim axamiyatga ega. Maktabgacha bolalar muassasalariga va maktab internatiga qatnaydigan bolalar kasalxonadan chiqarilishidan oldin patogen ichak tayoqchasi bor yo‘qligiga bir marta tekshirilganda manfiy natija olinishi lozim. Bemor bola aniqlangan bolalar muassasalari dezinfeksiya qilinadi. Bemor bilan muloqotda bo‘lgan bolalar bakteriologik tekshiriladi.



Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling