Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet52/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Epidemiologiyasi. Tabiatda kemiruvchilarning ko‘pgina turlari infeksiya manbai bo‘lib hisoblanadi (ayniqsa sichqonsimon kemiruvchilar). Shuningdek, listeriyalarni ko‘pincha qishloq xo‘jalik hayvonlarining organizmi (cho‘chqa, ot, quyon, tovuq va g‘ozlar) dan ham olishga muvaffaq bo‘lingan. Asosiy yuqish yo‘li alimentar yo‘ldir. Homilaning ona qornida zarralanishi ham isbotlangan. Xastalik kasal xayvonlardan odamlarga kontakt yo‘li orqali yuqadi. Infeksiyaning kana va qon so‘ruvchi xasharotlar orqali o‘tgani deyarli kuzatilmaydi.
Patogenezi. Hazm yo‘lining shilliq qavati infeksiya darvozasi bo‘lib hisoblanadi. Qo‘zg‘atuvchi bodomcha bezlari orqali kirishi xam mumkin, buni spetsifik tonzillit va regionar limfa tugunchalarining zararlanishi ko‘rsatadi. Qo‘zg‘atuvchi qonga tushgan vaqtda o‘tkir isitma kasalligi yuzaga keladi. Keyinchalik u retikuloendotelial (jigar, taloq, limfa tugunlari) va nerv sistemasida o‘rnashib olib, meningit va meningoensefalit kabi kasalliklarga sabab bo‘ladi. Listeriyalar uzoq muddat buyraklarda saqlanib, xomilani ona qornida zararlantiradi.
Klinikasi. Inkubatsion davr 2—4 hafta davom etadi. Listerioz klinik jihatdan turlicha kechadi. Kasallikniig quyidagi turlari mavjud: a) anginoz septik, b) ko‘z bezsimon, v) bezsimon, g) nerv turlari (meningit, meningoensefalit, ensefalit, psixozlar), d) tifsimon, ye) xomiladorlar listeriozi, j) chaqaloqlar disteriozi (septik kechishi) shular jumlasidandir.
Kasallikning kechishiga qarab o‘tkir, o‘rtacha o‘tkir va surunkali turlari xam farq qilinadi.
Listeriozning o‘tkir turi birdaniga boshlanib, tana harorati ko‘tariladi, qaltirash boshlanadi, umumiy intoksikatsiya belgilari paydo bo‘ladi (bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, mushaklarda og‘riq, jizzakilik), ishtaxa yo‘qoladi. Kasallik ko‘pincha enantema bilan birga kechadi (yirik dog‘li yoki eritematoz toshma toshib, yirik bo‘g‘imlar ustida ular qo‘shilib ketishi mumkin), yuzda «kapalak» ko‘rinishida toshma toshadi. Bezsimon turida yuqoridagi alomatlardan tashqari limfa tugunlari bir oz kattalashadi va og‘riq jag‘ osti, bo‘yni, qo‘ltiq osti, mezenterial limfa tugunlarida paydo bo‘ladi. Listeriozning nerv sistemasi zararlanadigan turida meningeal simptomlar (ensa mushaklarining taranglashishi, Kering — Brudzinskiy simptomlari) kelib chiqadi. Orqa miya suyuqligi yuqori bosim ostida oqib chiqadi va uning tarkibida oksil va sitoz oshib ketadi. Qand va xloridning miqdori o‘zgarmaydi. Ensefalit alomatlari kuzatilishi mumkin.
Ba’zan listeriozning klinikasida gastroenterit, o‘tkir gastroenterit yoki endokardit alomatlari ustunlik qiladi. Listeriozning o‘tkir turida ko‘pincha jigar va taloq kattalashadi. Isitma 3 kundan 2 haftagacha cho‘zilishi mumkin.
Listeriozning boshqa turlaridan birmuncha yengilroq kechadigan turi teri listeriozi bo‘lib, bu turi veterinar va hayvonlar bilan doimo ishlaydigan boshqa shaxslarda uchraydi.
Kasallikning bu turida teri papulyoz toshmalar toshgandek bo‘lib, pustulalar ichidagi yiringdan listeriyalarni ajratib olish mumkin.
Chaqaloqlarda listerioz og‘ir o‘tadi va kasallikning 50 foizi o‘lim bilan tugashi mumkin. Kasallikning asosiy alomatlari isitma (38—39°S vz undan yuqori bo‘lishi mumkin), xavo yetishmasligi, burunning to‘lib qolishi, sianoz, faqatgina nafas yo‘llari zararlanib qolmasdan, o‘pkaga xam o‘tishi. Listeriyalar bronxopnevmoniyaning kelib chiqishiga sababchi bo‘ladi, bunda bronxlarda havo o‘tishining buzilishi va atelektazlar, yiringli plevrit kelib chiqishi mumkin. Ba’zan pnevmoniyalar interstitsial pnevmonnya ko‘rinishiga o‘tadi. Ko‘pincha bemorlarda jigar kattalashib, sariqlik paydo bo‘ladi, kamdan-kam hollarda taloqning kattalashuvi kuzatiladi. Sariqlik va sianozdan tashqari ayrim bemorlarda terining oqarib ketishi, bemorlarning birdan to‘rt qismida ekzantema paydo bo‘ladi.
Meningeal alomatlar kelib chiqadi, ba’zan titrash, noaniq pay reflekslari, falajlik yuzaga keladi. Faringit, konyunktivit, ich ketish hollari kamroq kuzatiladi. Bemor tuzalgandan so‘ng 15—20 foiz rekonvalessentlarda markaziy nerv sistemasida rezidual alomatlar saqlanib qoladi.
Kasallikning surunkali turida listeriyalar odam organizmida uzoq muddat klinik belgilarsiz saqlanib qolishi mumkin. Organizm zaiflashganda (uzoq muddat gormonal terapiya, limfogranulematoz, rak va boshqa kasalliklarda) listerioz qaytalanadi va hatto infeksiyaning generalizatsiyasi kelib chiqishi mumkin. Buyraklar ko‘chirib o‘tkazilganda xam listeriozning yuqishi haqida ma’lumotlar bor. Homilador ayollarda surunkali listerioz bor vaqtda homilaning ona qornida zararlanishi kuzatiladi va keyinchalik bola tug‘ilgandan so‘ng og‘ir dardga chalinib, hatto o‘lib qolishi ham mumkin. Ba’zi mualliflarning ma’lumotlariga ko‘ra, homilador ayolning liyeterioz bilan kasallanishi tez-tez uchrab turadi.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling