Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти
Download 426.91 Kb.
|
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik
Klinikasi. Klinik manzara turli-tuman alomatlar va turlarining rang-barang bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Inkubatsion davr davomliligi yuqish yo‘liga, organizmga tushgan infeksiyaning miqdoriga, organizmning javob berish reaksiyasiga va boshqa omillarga bog‘liq bo‘lib, 5 kundan 30—50 kungachadir.
Kasallik o‘tkir, birdan boshlanadi, aksari harorat 38—39° gacha ko‘tariladi, umumiy holsizlik, bosh og‘rishi, ishtaxa pasayishi aniqlanadi. Qaltirash kasallikning ilk bor belgisi sifatida faqat 20 foiz bolalarda kuzatilib, mushaklar va bo‘g‘imlardagi og‘riq ko‘pincha boldir mushaklarida, oyoqlardagi yirik bo‘ g‘imlarda (tizza, chanoq-son va boldir bo‘g‘imlarida) kayd etiladi. Aftidan qaltirash, mushaklardagi og‘riq kasallikning doimiy alomatlari emas, chunki bunday shikoyat bilan faqat katta yoshdagi bolalar murojaat etadilar. Ko‘pincha bemorlarda eng birinchi alomatlar markaziy iyerv sistemasida kuzatilib, aniq bir lokalizatsiyaga ega bo‘lmagan bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, bo‘shashish, umumiy holsizlikdan iborat bo‘ladi. Ba’zan birynchi kundanoq uyqu buziladi. Qattiq bosh og‘rishi— kasallikning muhim tashxisiy belgisi bo‘lib, u ko‘pincha doimiy bo‘ladi va bolalar faqat kasallik davomida zmas, balki kasallikdan so‘ng ham shikoyat qiladilar. Bolalarda Ku-isitmasining boshlanish alomatlaridan yana biri — ishtahaning pasayishi yoki butunlay yo‘qolishidir. 80 foiz bemorlarda ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq (20 foiz) va ich ketishi (10 foiz) kuzatiladi. Ich ketishi, kuchli bo‘lmagan qorindagi tutib-tutib turuvchi og‘riq, ko‘pincha kichik yoshdagi bolalarda aniqlanadi. Ich shilliqsiz, kuniga 2—3 martaba keladi. Kasallikning boshlanish davridagi qorinda turadigan og‘riqlar, ichning suyuq kelishini ichak motor funksiyasining buzilishi deb qarash lozimki, buning oqibatida vegetativ nerv sistemasi shikastlanishi mumkin. Ko‘pincha (20 foiz bemorlarda) kasallikning birinchi kunlari rinit, traxeit, kataral angina va bronxit bilan kechadigan nafas yo‘llarining ozgina yallig‘lanishi kuzatiladi. Ba’zi bemorlarda yuzning shishinqiraganligi va giperemiya qayd etiladi. Xastalikning isitmali davri 4 kundan 22 kuntacha davom etadi. Bemorlarning 80 foizida bu davrda bradikardiya, pulsning labilligi, arterial bosimning tushib ketishi xollari ko‘riladi. Kasallik avj olgan maxalda nafas a’zolarida anchagina o‘zgarishlar ro‘y beradi, rinit (60—70 foiz), kataral angina (32 foiz), pnevmoniya (50 foiz) qayd etiladi. Me’da-ichak yo‘lidagi o‘zgarishlar ko‘pincha yosh bolalarda uchraydi va u ishtahaning yo‘qligi (80 foiz), qorindagi og‘riqlar (20 foiz) va ichburug‘ (10 foiz) bilan namoyon bo‘ladi. Jigar va taloqdagi o‘zgarishlar Ku-isitmasining ko‘pincha yaqqol belgisi bo‘lib hisoblanadi. Jigar kattalashuvi 70 foiz bolalarda, taloqning kattalashganligi esa 20 foiz bolalarda kuzatiladi. Qondagi o‘zgarishlar leykopeniya (53 foiz), leykotsitar formulaning chapga siljishi, aneozinofiliya (70 foiz), eritrotsitlar cho‘kish tezligi (ECHT) 40—45 mg/g bo‘lishi bilai xarakterlanadi. Kasallikning ko‘rsatib o‘tilgan klinik sindromlari bilan uning tifga, grippga o‘xshash, pnevmonnk va yashirin turlari farq qilinadi. Ku-isitmasi kechishi davomida qaytalannshi mumkin. Bunda kasallikning asosiy klinik manzarasi kamroq yuzaga chiqadi. Ku-isitmasining asoratlari nisbatan kamroq uchraydi. Tashxisi. Ma’lum qiyinchiliklar tug‘diradi. Bunda epidemiologik, klinik va laboratoriya ma’lumoti yig‘indisiga asoslanadi. Tashxis qo‘yishda bemor qonida kasallik qo‘zg‘atuvchisining borligi, komplementni bog‘lash va agglutinatsiya reaksiyalarining musbat bo‘lishi katta ahamiyatga ega. Download 426.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling