Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти
Download 426.91 Kb.
|
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Differensial tashxisi
Tashxisi. Klinik tashxis qo‘yish birmuncha qiyin bo‘lib, bunda qon, orqa miya suyuqligining bakteriologik tekshiruvi, yumshoq tanglaydan olingan yuvindi suv, qog‘anoq suvining tekshiruv natijalariga tayaniladi. Serologik tekshiruv 10—14 kun interval bilan olingan juft zardob bilan o‘tkaziladi. Listerioz antigenlari bilan agglutinatsiya va ROK reaksiyalaridan ham foydalaniladi. Titrning 4 va undan oshishi tashxisni tasdiqlaydi. Teri ichiga. qo‘yiladigan proba uchun maxsus listerioz antigenlari ishlab chiqilgan. Preparat teri ichiga 0,1 ml miqdorda yuborilib, 24 soatdan so‘ng natijasi ko‘riladi. Reaksiya terida 10 ml diametrda qizarish bo‘lgan vaqtda musbat hisoblanadi.
Differensial tashxisi. Differensial tashxis listeriozning klinik shakliga qarab qo‘yiladi. O‘tkir bezsimon turlarini infeksion mononukleozdan, infeksion eritema, o‘tkir toksoplazmoz va qon kasalliklaridan ajratiladi. Nerv sistemasi zararlanishi bilan kechadigan turi ko‘pincha og‘ir yiringli meningit ko‘rinishida kechadi. Uni meningokokk, pnevmokokk, stafilokokk va boshqa yiringli bakterial meningitlardan ajrata bilish kerak. Listeriozda miya pardalari zararlanishidan tashqari, limfa tugunlari xam zararlanib, o‘ziga xos qondagi o‘zgarishlar kelib chiqadi. Homilador ayollardagi listeriozni boshqa etiologiyali sust rivojlanuvchi piyelonefrit (piyelotsistitlari) dan farq qilish lozim. Chaqaloqlardagi tug‘ma listeriozni pnevmoniya, o‘tkir respirator kasalliklar va pilorospazmdan farq qilinadi. Listerioz uchun tugunsimon elementlar disseminatsiyasi, sariqlik, baland isitma, qon aylanishining buzilishi xarakterlidir. Diagnostikada epidemiologik holatlar xam hisobga olinadi. Davosi. Davo lysteriozning klinik turlariga mos kelishi kerak. Kasallikning o‘tkir turida etiotrop davolash yetkachi rol o‘ynaydi. Tetrasiklin qatoridagi antibiotiklardan (0,2—0,3 g) har 6 soatda isitmalash davrida va yana 5—7 kun davomida beriladi. Shuningdek penitsillin (400000 TB dan har 4—6 soatda), eritromitsinni (0,25 g dan har 6 soatdan) yuqorida ko‘rsatilgan vaqt davomida buyuriladi. Listeriozning nerv turida (meningit, meningoensefalitlar) listeriyalarga bakteriostatik ta’sir ko‘rsatuvchi, tetrasiklin guruxiga oid antibiotiklar bilan birga bakteritsid xususiyatga ega bo‘lgan streptomitsinni ham qo‘shib berish mumkin. Streptomitsin 0,5 g dan sutkasiga 2 marta beriladi. Antibiotiklar bilan bir vaqtda gormonal preparatlarni xam tayinlasa bo‘ladi (prednizolon 5—10 mg dan kuniga 4 marta, asta-sekin miqdori kamaytirib boriladi, davolash kursi 7—10 kun). Listeriozning nerv turini davolashda degidratatsion terapiya qo‘llanadi. Homilador ayollardagi surunkali listeriozni davolashda avval tetrasiklin (0,3 g dan har 6 soatda 7—10 kun davomida), keyinchalik sulfadimezin kuniga 4 mahal 7 kun mobaynida tayinlanadi. Prognozi. Chaqaloqlarda kasallik juda og‘ir o‘tishi va o‘lim bilan tugashi mumkin. Homiladorlarda listerioz xomilannng og‘ir zararlanishiga olib keladi. Listerioz meningoensefalitlardan keyin markaziy nerv sistemasida rezidual hodisalar xam ro‘y berishi mumkin. O‘choqda ko‘riladigan profilaktik chora-tadbirlar. Uy hayvonlari orasida listeriozga qarshi kurash (kasallangan xayvonlarni aniqlash va ajratib qo‘yish keyin esa ular turgan joylarni dezinfeksiya qilish), shuningdek, deratizatsion tadbirlardan iborat. Listerioz bo‘lgan xayvonlarning go‘shti va sutini termik qayta ishlagandan keyingina iste’mol qilish mumkin. Homilador ayollarga listerioz katta xavf tug‘diradi, shuning uchun ham chorvachilikda ishlaydigan homilador ayollarni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish tavsiya etiladi. Bemor atrofida profilaktika o‘tkazilmaydi. Maxsus profilaktika ishlab chiqarilmagan. Download 426.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling