Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


LEPTOSPIROZLAR (LEPTOSPIROSIS)


Download 426.91 Kb.
bet50/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

LEPTOSPIROZLAR (LEPTOSPIROSIS)

Bu o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, uni leptospiralarning turli serotiplari keltirib chiqaradi. Xastalik isitma ko‘tarilishi, umumiy intoksikatsiya alomatlari, buyrak, jigar, nerv sistemasining zararlanishi bilan xarakterlanadi.


Leptospirozlar tabiiy o‘choqli infeksiyalar guruxiga kiradi.
Leptospirozlarning turli tiplari keltirib chiqaradigan, sariqlik bilan va sariqliksiz kechadigan leptospirozlar farq qilinadi.
Etiologiyasi. Leptospiroz qo‘zg‘atuvchilari — patogen leptospiralarning turli serotiplari hisoblanadi. Leptospiralar harakatchan, uzunligi 7—14 mkm bo‘lib, suv havzalarida 26 kungacha saqlanadi, ovqat-maxsulotlarida 1—2 kun tirik qoladi. Dezinfeksiyalovchi preparatlar ta’sirida faolligini tez orada yo‘qotadi. Penitsillin va tetrasiklinga nisbatan sezuvchan bo‘ladi.
Epidemiologiyasi. Dala sichqonlari, kalamushlar, boshqa yovvoyi va ba’zi uy xayvonlari infeksiya manbaidir. Qasallik infeksiya tushgan suv (cho‘milganda, qishloq ho‘jalik ishlarida) va ovkat orqali yuqadi. Sporadik, ba’zan guruxli kasallanish, sariqlik bo‘lmasdan kechadigan leptospirozlarda juda avj olib ketishi (epidemiya) mumkin.
Patogenezi. Hazm yo‘lining shilliq pardalari, konyunktiva va teri infeksiyaning kirish yo‘li bo‘lib xizmat qiladi.
Organizmga leptospirglar tushgandan so‘ng, ular qonda aniqlanadi. Qo‘zg‘atuvchilar gematogen yo‘l bilan RES a’zolariga tushib, u yerda yig‘ilib ko‘payadi, keyin qonga o‘tadi. Hafta oxiriga borib qonda antitelolar paydo bo‘ladi. Sariqlikning kelib chiqishida gepatotsitlarning zararlanishidan tashqari, gemolitik omil xam katta rol o‘ynaydi. Buyraklarning zararlanishi o‘chog‘li gemorragik nefrit va kanalchalarning zararlanishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Kasallik boshdan kechirilgandai so‘ng, uzoq davom etuvchi mustahkam immunitet hosil bo‘ladi.


VASILYEV —VEYL KASALLIGI


Klinikasi. Sariq leptospiroz, yashirin davri 3 kundan 14 kungacha (o‘rta xisobda 7 kun) Kasallik kuchli qaltirish va haroratning tez ko‘tarilishi bilan boshlanadi. Xolsizlik, lanjlik, bosh og‘rishi, ensa va boldir muskullarida kuchli og‘riq seziladi. Yuz qizarib (giperemiya), ko‘z ich pardasi tomirlari kengayib ketadi.
Ko‘pincha teriga nuqtali temorragik toshmalar (qizamiqqa o‘xshash) toshadi, 4—6 kun harorat pasayib, bilirubinemiya paydo bo‘ladi. Jigar kattalashgan bo‘lib, og‘riq beradi, aksari taloq kattalashadi. Bolaning axlati o‘zgarmaydi. O‘tkir nefrit rivojlanishi mumkin; oliguriya, proteinuriya, gematuriya, silindruriya shular jumlasidandir. Ko‘pincha likvorning yallig‘li o‘zgarishlari bilan davom etuvchi meningeal sindrom rivojlanadi. Sariqlik davri gemorragik sindrom, teri va shilliq pardalarga qon quyilishi, burundan, ichaklardan qon ketishi bilan kuzatiladi. Kasallik to‘lqinsimon kechib, yangi-yangi isitma to‘lqinlari paydo bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi. Xastalikning jigar va buyrakni zararlantirmasdan o‘tadigan yengil turlari xam bor.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling