Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти
Download 426.91 Kb.
|
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Epidemiologiyasi.
- Patogenezi.
MENINGOKOKK INFEKSIYASI
Uni meningokokk keltirib chiqaradi va kazofaringit, yiringli meningit va meningokokkemiya holida namoyon bo‘ladi. Etiologiyasi. Meningokokklar grammanfiy, juft-juft joylashgan, diametri 0,6—0,8 mkm bo‘lgan mikroorganizmlardir. Ular issiqligi 35—37°S bo‘lgan aerob sharoitli muhitlarda o‘sadi. Meningokokklar tashqi muhitda 55°S da juda tez 5 daqiqa ichida halok bo‘ladi. Dezinfeksiya vositalariga va antibiotiklarga (penitsillin, levomitsetin va tetrasiklin) juda sezuvchandir. Ular tuzilishiga ko‘ra qator serotiplarga (ABCDX) bo‘linadi. Epidemiologiyasi. Kasallikning har xil turlariga uchragan bemorlar va sog‘lom meningokokk tashuvchilar kasallik manbaidir. Nazofaringit belgilari bo‘lgan bemorlar eng xavfli hisoblanadi. Kasallik manbaida infeksiya tashuvchilik sog‘lom odamlarning 20—30 foizida kuzatiladi. Sog‘lom tashuvchanlikning muddati 2—5 haftagacha cho‘ziladi. Infeksiya asosan xavo-tomchi yo‘li bilan yuqadi. Bu kasallikka ko‘pincha maktabgacha yoshdagi bolalar chalinadilar. Kasallikning eng ko‘paygan davri qish-bahor oylariga to‘g‘ri keladi. Patogenezi. Infeksiya organizmga yuqori nafas yo‘llari orqali tushadi. Meningokokklarning ko‘pincha nafas yo‘llarida topilishi katta o‘zgarishlarga olib kel-maydi (menigokokk tashuvchanlik). Infeksiya bilan zararlangan bemorlarning 10—15 foizida o‘tkir nazofaringit rivojlanadi, meningokokk ba’zi turlardagina mahalliy, to‘siqlardan oshib, qonga o‘tadi va turli a’zo va sistemalarning zararlanishiga (menikgo-kokkemiyaga) olib keladi. Ba’zi infeksiya miya po‘stlog‘ida joylashib, serebrospinal meningitni keltirib chikaradi. Meningitda asosan miyaning yumshoq va o‘rgimchak to‘rsimon qobiqlari zarralanadi. O‘zgarishlar miya asosida, miya yarimsharlarining oldingi yuzasida va orqa miya po‘stlog‘ida uchraydi. Ekssudat neytrofil tutgan holda yiringli xarakterda bo‘ladi. Kasallikka qarshi davo qilinmaganda yoki yaxshi davolanilmaganda ekssudat o‘rnida likvorning aylanishiga to‘sqinlik qiladigan biriktiruvchi to‘qima hosil bo‘ladi. Gidrotsefaliya rivojlanishi mumkin. Kasallik to‘g‘ri davolanganda ekssudat iz qoldirmay butunlay yo‘qolib ketadi. Meningokokk infeksiyasi patogenezida kasallikning og‘ir septik turlarida uchraydigan toksemiyaning ahamiyati katta. Bu holda ko‘plab miqdorda meningokokklarning parchalanishi tufayli yuzaga keladigan, toksemiyaga asoslanadigan infeksion toksik shok rivojlanadi. Endotoksinlar mikrotsirkulatsiyani buzadi, natijada qon tomirlar ichida qon ivib, moddalar almashinuvi buziladi. Toksikoz natijasida serebral gipertenziya sindromi bilan miya shishib, nafasning falajlanishi tufayli o‘lim yuz berishi mumkin. Klinikasi. Inkubatsion davr 2 kundan 10 kungacha (o‘rta xisobda 2—4 kun) davom etadi. Meningokokk infeksiyasi turli klinik ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Bu kasallik lokal ko‘rinishida (meningokokk tashuvchilik, nazofaringit) va generallashgan turda (meningokokkemiya, meningit, meningoensefalit) kechishi mumkin. Kasallik kechishiga qarab yengil, o‘rtacha og‘ir va og‘ir turlarga bo‘linadi. O‘tkir nazofaringitda xarorat bir oz (38,5°S) ko‘tarilib, 1—3 kun davom etadi, umumiy intoksikatsiya belgilari yuzaga chiqadi (behollik, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tomoq qichishi, quruq yo‘tal va rinofaringit, giperemiya, limfoid follikulyar giperplaziya bilan yutqin orqa devorining shishishi). Go‘dak yoshidagi bolalarda ko‘pincha bodomcha bezlari va yumshoq tanglay shilliq qavati giperemiyasi kuzatiladi. Bemor 3—7 kun davomida tuzaladi. Ba’zi hollarda infeksiyaning generalizatsiyasi ro‘y berishi mumkin. Download 426.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling