Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти
Download 426.91 Kb.
|
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik
Meningokokkemiya. O‘tkir boshlanadi, lekin nazofaringit ko‘rinishida prodromal kechishi xam mumkin. Bunda bemorning eti junjikadi, qattiq boshi og‘riydi, mushak va bo‘g‘imlarda og‘riq paydo bo‘ladi, qayt qiladi, isitma birdaniga oshadi. Bu kasallikka xos bo‘lgan simptomlardan — pushti papulyoz gemorragik toshmalar hisoblanadi. Toshmalar noto‘g‘ri yulduz shaklida bo‘lib, ularning tariqdek va diametri bir necha santimetrga boradigan xillari xam uchraydi. Ko‘pincha barmoqlarga, dumbaga, gavdaning yon satxiga toshma toshadi.
Pushti papulyoz elementlar 1—2 kundan keyin nomu nishonsiz yo‘qolib ketadi, mayda gemorragiyalar pigmentlanadi, yiriklari ko‘pincha kasallikning birinchi kunlaridanoq nekrozga uchraydi, keyin po‘stloq bilan qoplanadi. Quloq chig‘anoqlarida, burunda, qo‘l, oyoq barmoqlari va tovonda nekroz va quruq gangrena yuz berishi mumkin. Kasallikning birinchi kunlaridanoq rang oqarishi, teri qoplamlarining quruqlashishi, tilning karash bog‘lashi, chanqash, ishtaxaning yo‘kolishi, yurakning bo‘g‘iq urishi, taxikardiya, arterial bosimning kamayishi kabi rosmana intoksikatsiya belgilari kuzatiladi. Seroz va yiringli mono va poliartritlar qayd etiladi. Qon manzarasi leykotsitozning yaqqol bilinishi, neytrofilning siljishi, aneozinofiliya, ECHT oshishi bilan xarakterlanadi. Meningokokkemiyaning og‘ir turi infeksion-toksik shok bilan kechishi mumkin. Surunkali meningokokkemiya kasallikning kam uchraydigan turi bo‘lib, isitma paydo bo‘lishi ham izohlanadi, teriga toshma toshishi, bo‘g‘imlar zararlanishi, endokardit hodisalari kuzatilishi mumkin. Meningit. Kasallik et junjikishi, isitmaning sezilarli ko‘tarilishi (38—40°S), bosh og‘rishi, bosh aylanishi, qayt qilish kabi xolatlar bilan o‘tkir boshlanadi. Bu kasallikka qo‘zg‘aluvchanlik, alahsirash, tinka qurishi, quloqning bitib qolishi kabilar xosdir. Es-hush butunlay yo‘qolishi mumkin. Shuningdek, injiqlik, yorug‘likka va tovushga yuqori sezuvchanlik kabi belgilar xam shu kasallikka xosdir. Meningeal simptomlar erta paydo bo‘ladi, bunda bo‘yin mushaklarining rigidligi, Kernig — Brudzinskiy, simptomlari aniqlanadi. Ko‘pincha bemor o‘ziga xos ko‘rinishda bo‘ladi, masalan, boshini orqaga tashlaydi, tizzalarini qorni tomonga tortib oladi. Bosh miya nervlaridan ko‘proq ko‘rish, ko‘zni xarakatga keltiruvchi, eshitish va yuz nervlari zararlanadi. Tomir urishi kasallikniig boshlang‘ich davrida tezlashib, kalla ichi bosimi oshganda ba’zan nisbiy bradikardiya qayd qilinadi. Bolalarda ko‘pincha ich ketadi. Bemorlar qonida chapga siljigan neytrofilyoz bilan leykotsitoz kuzatiladi, ECHT oshadi. Kasallikning birinchi soatlarida likvor tiniq yoki ozgina xiraroq, keyin butkul xiralashgan, oxirida yiringli bo‘ladi. Miya suyuqligi cho‘kmasidan olingan surtmani metil ko‘ki bilan bo‘yaganda meningokokk aniqlanadi. Ko‘pchilik polinuklearlar bo‘lgan shaklli elementlar 1 mm3 da bir necha mingga ko‘payishi mumkin. Oqsil 1—3 foiz ko‘payadi. Kasallik cho‘zilib ketganda shaklli elementlar miqdori kamayadi, oqsil esa oshadi. Likvorda shakar moddasi va xloridlar kamayib ketadi. Orqa miya suyuqligi bosimi kasallikning o‘tkir davrida keskin oshadi. (400—600 mm sim. ust.). Download 426.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling