Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Bir yoshgacha bo‘lgan go‘dak bolalarda meningitning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 426.91 Kb.
bet60/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Bir yoshgacha bo‘lgan go‘dak bolalarda meningitning o‘ziga xos xususiyatlari. Ularda meningitning odatdagi belgilari qayd etilmaydi. Bu organizm reaktivligining o‘ziga xos bo‘lishi tufayli kasallikni aniqlashda ancha qiyinchiliklar tug‘diradi va shu yoshdagi kasallar o‘rtasida yuqori letallikka sabab bo‘ladi. Kasallik o‘tkir boshlanib, bola besaranjomlanadi, qichqiradi, ovqatlanishdan bosh tortadi, injiqlik qiladi, uyqusi buziladi, qo‘li qaltiraydi. Keyin bunga talvasa, harorat ko‘tarilishi, qayta-qayta qayt qilish, liqildoqning shishishi qo‘shiladi. Bola vaqti-vaqti bilan qichqirib qo‘lini boshi tomon cho‘zadi. Yaqqol giperesteziya (tonusning yuqori bo‘lishi) va turg‘un dermografizm yuzaga keladi. Bola boshini orqaga tashlashi meningitning eng birinchi simptomlaridan hisoblanadi. Shuni esda tutish kerakki, 3 oylikkacha bo‘lgan bolalarda mushak tonuslari fiziologik jixatdan ancha yuqori bo‘ladi. Bu bo‘yin mushaklarining rigidligiga va Kernig simptomiga o‘xshab ketishi ehtimol.
Natijada ko‘plab suyuqlik yo‘qotish bilan serebral gemodinamikaning buzilishi yuzaga keladi. Ba’zi hollarda qayt qilish va diareya hisobiga serebral sindromi paydo bo‘ladi. Liqildoq qimirlamay qoladi, mushak tonusi pasayadi, meningeal simptom yo‘qoladi. Pay reflekslari pasayadi. Bemor ozib-to‘zib ketadi, ko‘zlari ich-ichiga kirib ketadi, teri quruqlashadi. Bola atrofdagilarga befarq bo‘lib qoladi yoki koma yuz beradi. Kalla ichi bosimi keskin tushib (serebral kollaps) ketadi. Punksiya qilinganda likvor kam-kam tomchilaydi. Serebral gipotenziya sindromi haddan tashqari degidratatsiya (suvsizlanish) oqibatidir. Bu xol katta yoshdagi bolalarda kamroq kuzatiladi.
Meningitning atipik turlari. Antibakterial vositalarning ko‘plab ambulatoriya usulida qo‘llanishi kasallik antipik turlarining ko‘payishiga olib keladi. Kasallik subfebril yoki normal harorat, kuchsiz intoksikatsiya bilan aytarli o‘tkir kechmasligi mumkin. Meningeal simptomlar o‘rtacha bosh og‘rig‘i va onda-sonda qayt qilish bilan kechroq paydo bo‘ladi. Bu kasallik bolalalarda to‘lqinsimon kechadi: qator hollarda meningoensefalit, ventrikulit paydo bo‘ladiki, bu kasalliklarga antibakterial terapiya unchalik ta’sir qilmaydi.
Meningokokkli meningoensefalit — meningeal simptomlar, es-xushning uzoq vaqt buzilishi, titroq sindromlari, turg‘un o‘choqli simptomlar, bosh miya nervlari, qo‘l-oyoq parezi, miya po‘stlog‘i ostki zararlanishi, ruhiy buzilishlar bilan xarakterlanadi.
Kasallikka uyquchanlik, ruhiyatning buzilishi, mushaklarning yuqori tonusi, gidrotsefaliya simptomlarining rivojlanishi xosdir.
Kasallikning aralash turi birmuncha ko‘proq, uchraydi. Meningokokkemiyaning klinik namoyon bo‘lishi meningit yoki meningoensefalit bilan birga qo‘shilib ketadi.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling