Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти
Download 426.91 Kb.
|
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maxsus profilaktika.
Profilaktikasi. Bemorlar iloji boricha erta aniqlanadi va ajratib qo‘yiladi.
Uy sharoitida bemor bilan aloqada bo‘lgan shaxslar, bolalar muassasalariga qatnaydigan bolalar va u yerda ishlaydigan shaxslar jamoaga tibbiyot ko‘rigidan va manfiy natijali bakteriologik tekshiruv o‘tkazilgandan keyingina qo‘yiladi. Kasallikning generalizatsiyalashgan turi va nazofaringit bilan og‘rigan bemorlarni meningokokk tashuvchanlikka bakteriologik to‘la tekshirib, ular klinik jihatdan butunlay sog‘aygandan keyingina kasalxonadan chiqariladi. Meningokokk infeksiyali rekonvalessentlar bolalar muassasalariga, maktabga, maktab-internatga, sanatoriyga va o‘quv yurtlariga bakteriologik tekshirish natijasi manfiy bo‘lgandagina qo‘yiladi. Bu tekshirish bemor kasalxonadan chiqqandan 5 kun o‘tgach o‘tkaziladi. Meningokokkning generalizatsiyalashgan turi bilan og‘rigan bemorlarni ular tuzalgandan 6 oy, meningokokkli nazofaringit bilan og‘rigan bemorlarni 2 oy,: tashuvchilarni 1 oy o‘tgandan keyingina emlanadi. Meningokokk tashuvchi bolalar aniqlangandan keyin ular sanatsiya o‘tkazish maqsadida maktabgacha bolalar muassasalariga qo‘yilmaydi. Meningokokk tashuvchilar aniqlanganda, ular uyda yoki shu maqsad uchun ajratilgan poliklinikalardagi maxsus bo‘limlarda sanatsiya qilinadi. Bunda kattalarga 0,5 mg dan 4 kun davomida ampitsillin va levomitsetin beriladi, bolalarga esa xuddi shu preparatlar yoshiga qarab beriladigan miqdorlarda tayinlanadi. Bakteriya tashuvchilarga sanatsiya maqsadida 2 kun davomida har 12 soatdan 0,3 mg dan rifampitsin tavsiya etiladi. Bakteriya tashuvchilar qanday preparat qabul qilganlaridan qat’i nazar sanatsiya kursi o‘tkazilgandan 3 kun o‘tgach, bakteriologik tekshiruvdan o‘tkaziladi, tekshirish natijasi manfiy bo‘lgandagina ular jamoa orasiga qo‘yiladi. O‘choqlarda yakunlovchi dezinfeksiya o‘tkazilmaydi. Xonani har kuni xo‘l latta bilan artib chiqiladi va shamollatib turiladi. Ultrabinafsha nurlar va bakteritsid lampalar bilan nurlantiriladi. Maxsus profilaktika. A va S seroguruhga mansub meningokokk vaksinasi meningokokk o‘choqlarida npofilaktika va shoshilinch profilaktika maqsadlarida qo‘llanadi. Vaksinatsiya profilaktika maqsadida epidemik noqulay bo‘lib qolgan maydonlarda (100000 aholiga 2,0 kasal to‘g‘ri kelsa) o‘tkaziladi. Bunda 1 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan hamma bolalar, oliy o‘quv yurtalarining birinchi kurs talabalari, bolalar uyiga yangi qabul qilingan bolalar, maktab-internatlarning birinchi sinf o‘quvchilari ham emlanadi. Kasallanish 100000 kishiga 20,0 tadan oshib ketgan xollarda 20 yoshgacha bo‘lgan hamma aholi emlanishi kerak. Shoshilinch profilaktika maqsadida meningokokk infeksiyasining generalizatsiyalangan turiga uchragan bemor aniqlanganda, 5 kun mobaynida emlash o‘tkaziladi. Ikkilamchi emlash xuddi o‘sha shaxslarga 3 yilda kamida bir marta o‘tkaziladi. Emlangan jamoalarda karantin tayinlanmaydi. Bu yerda, shuniigdek, bakteriologik tekshiruv va immuno-profilaktika 1 yoshdan katta bolalarda xam o‘tkazilmaydi. Download 426.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling