Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Prognozi. Juda jiddiy, letallik baland. Davosi


Download 426.91 Kb.
bet70/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Prognozi. Juda jiddiy, letallik baland.
Davosi. Simptomatik. Yangi vaksinatsiyalangan odamlar zardobidan tayyorlangan maxsus immunoglobulin va tiosemikarbozon, o‘z tarkibida saqlovchi kimyoviy dorilar chinchechakga qarshi vaksinani virusga ta’sir qilish uchun ishlatiladya.
Profilaktikasi. Kasallik paydo bo‘lganda hamma tashkiliy epidemiologik tadbirlarga qat’iy rioya qilish kerak (kasallik boshlangandan 40 kun ichida bemorlarni kasalxonaga yotqizish, yaxshilab kundalik va oxirgi dezinfeksiyani o‘tkazish, bemor bilan aloqada bo‘lgan barcha shaxslarni chinchechakka qarshi emlash, 14 kun muddatga karantin tayinlash va boshq).
Bemor bilan aloqada bo‘lgan emlangan shaxslarni 7—8 kun ichida revaksinatsiya qilish kasallikning oldini oladi.
Organizmga giperimmun vaksinali immunoglobulin bilan birga kiritilgan chinchechakka qarshi vaksina himoya ta’sirini 4 marta, metisazan esa 16 marta oshiradi. Metisazon ichish uchun 10—20% li suspenziya ko‘rinishida tayinlanadi. Birlamchi miqdori 200 mg/kg dan, keyikgisi xar 6 soatda 50 mg/kg dan, hammasi bo‘-lib 8 marotaba beriladi.


EPIDEMIK PAROTIT (TEPKI) (PAROTITIS EPIDEMICA)

O‘tkir infeksion virusli kasallik bo‘lib, asosan so‘lak bezlarini, quloq atrofidagi bezlarni shikastlaydi.


Etiologiyasi. Qo‘zg‘atuvchisi tashqi muhitda rezistentligi kam bo‘lgan filtrlanuvchi virusdir. Bu qo‘zg‘atuvchi paramiksoviruslar guruxiga kiradi. Virus o‘z tarkibida RNK ni tutib, uning qobig‘i tarkibiga gemagglyutininlar, gemolizinlar, neyraminidazalar kiradi.
Epidemiologiyasi. Infeksiya manbai shu kasallik bilan og‘rigan bemor hisoblanadi, uning yuqumlilik davri inkubatsion davrining oxirgi kunidan boshla-nadi va 7—9 kun davom etadi. Infeksiya asosan havo-tomchi yo‘li bilan yuqadi. Ko‘pincha 5 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar kasallanadi. Kichik yoshdagi bolalar orasida bu kasallik kam uchraydi, bir yoshgacha bo‘lgan go‘daklarda uchramaydi. Bemor tuzalgandan so‘ng, unda turg‘un immunitet paydo bo‘ladi. Parotitning epidemiyasi yilning hamma fasllarida, ko‘proq kuz va bahor oylarida qayd etiladi.
Yuqori nafas a’zolarining shilliq pardalari infeksiyaning kirish darvozasi bo‘lib xizmat qiladi, virus shu a’zolar orkali qon oqimiga tushadi, keyin so‘lak bezlari va boshqa joylarda ikkilamchi o‘rnashadi.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling