Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet73/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Paralitik turida 6 davr ajratiladi. 1. Inkubatsion davr, u 6 kundan 12—17 kungacha davom etadi. 2. Kasallikning prodromal davri, umumiy ahvolning yomonlashuvi, isitmaning ko‘tarilishi, kataral hodisalar, me’da-ichak buzilishlari, vegetativ nerv sistemasining buzilishi bilan kechadi. 3. O‘tkir isitmali yoki preparalitik isitmaning keskin 38—39°S gacha ko‘tarilishi, to‘satdan bosh og‘rishi, qayt qilish, injiqlik, uyquchanlik yoki uyqusizlik bilan kechadi. 2—3 kundan keyin meningeal sindrom rivojlanadi. Terlash, teri qoplamlari giperemiyasi, nerv tolalari o‘tgan joylarda og‘riq, pay reflekslari asimmetriyasi, teri reflekslarining pasayib yoki yo‘qolib ketishi aniqlanadi. 4. Paralitik davri yuqori xarorat bilan kechadi. Falajlanish to‘satdan paydo bo‘lib, asta-sekin rivojlanib borib, bir necha kundan keyin o‘zining eng yuqori nuqtasiga yetadi. Ko‘pincha oyoq, ba’zan qo‘l proksimal mushaklari shikastlanadi.
Nevrologik tekshirishda periferik falajlanishning hamma belgilari yuzaga chiqadi: pay reflekslarining pasayishi yoki yo‘qolib ketishi, gipotoniya, mushaklar atrofiyasi. Jarayon lokallashganda chanoq a’zolarining faoliyati buziladi (axlat va siydikni tutib turolmaslik yoki ularning ushlanib qolishi). Asosan orqa miyaning ko‘krak va bo‘yin segmentlarining shikastlanishi bir muncha xavflidir, chunki bu hol nafas mushaklarining parezi va falajini keltirib chiqarishi mumkin. Jarayonning uzunchoq miyada lokalizatsiyalanishi IX, X, XI va XII miya-chanoq nervlarining shikastlanishiga sabab bo‘lishi mumkin (yutkin, nafas olish va qon aylanish buzilishining bulbar turi).
5.1 —1,5 hafta falajlanishdan so‘ng qaytish davri boshlanadi. Asta-sekin harakatlarning tiklanishi yuz beradi. Ayrim xollarda qaytish davri 3 yilgacha cho‘zilib ketishi mumkin. 6. Harakatlar to‘la tiklanlanmagan hollarda falajlangan barmoqlarda qoldiq-hodisalar davri kuzatiladi. Bular sust falajlanish yoki parezlar, ba’zan kontrakturalarning mavjudligi bilak xarakterlanadi.
Spinal va bulbar turi mushaklarning falajlanishi bilan kechadi. Epidemiya avjiga chiqqan mahallarda kasallikning isitmaning yuqori bo‘lishi, hushdan ketish, nutqning buzilishi, qaltiroq bosishi va boshqa simptomlar bilan kechadigan ensefalitik turi uchrab turadi. Xastalikning bu turida miyaning po‘stloq osti soxasi, vestibulyar va miyacha sistemalarining shikastlanishi kuzatiladi. Qonda ECHT (eritrotsitlar cho‘kish tezligi)ning oshishi va qator limfopeniya hodisalari kuzatiladi. Orqa miya suyuqligi ko‘pincha o‘zgargan bo‘ladi. Qator o‘zgarish belgilarini kasallikning boshlanishidayoq aniqlash mumkin. Kasallikning birinchi kunlarida likvor bosimi oshgan, suyuqlik tiniq bo‘ladi. Xujayralar soni 50—100 ga yetadi (polinuklear sitoz). Oqsil miqdori kasallikning birinchi kunlarida ko‘p bo‘lmaydi. Keyin asta-sekin oqsil va likvor normallashadi.
Asoratlari. Pnevmoniya, o‘pka atelektazlari, interstitsial miokardit (ba’zan kasallikning bulbar turlaridan me’daning o‘tkir kengayishi rivojlanadi), qon oqishi bilan kechadigan og‘ir me’da-ichak buzilishlari, yaralar paydo bo‘lishi.
Tashxisi. Poliomiyelitni paralitik bosqichdan oldin aniqlash qiyin bo‘ladi. Tashxis klinik simptomlar, epidemiologik ma’lumotlar va laboratoriya tekshiruvlariga asoslanib qo‘yiladi. Tashxisning to‘g‘riliginn tasdiqlash uchun virus yuqtirish (to‘qimalar kulturasiga) yoki KBR da va yangi zardobdan olingan maxsus antigenlar bilan pretsipitatsiya reaksiyasini o‘tkazish mumkin.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling