Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet71/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Klinikasi. Kasallikning inkubatsion davri 18—20 kun, ba’zan 11 kundan 23 kukgacha cho‘ziladi. Kasallik yeo‘lak bo‘zlari shishidan (ko‘pincha bir tomoni) boshlanadi. So‘lak bezyaning shishganligi, ayniqsa atrofi ko‘rinib koladi, keyin shish quloq orqasiga va ostiga tarqaladi. U xamirga o‘xshash bo‘ladi, terining ko‘rinishi o‘zgarmaydi. Bola ovqatni chaynaganda va yutganda og‘riq sezadi. Ba’zan bu jarayonda jag‘ osti so‘lak bezlari ham ishtirok egadi. Shish bir necha kun turadi, xech qachon yiringlamaydi va 8—10-kunga borib, butunlay yo‘qolib ketadi.
Ko‘pchilik bolalarda kasallanish jarayonida faqat quloq atrofidagi so‘lak bezlari emas, balki jag‘ osti so‘lak bezlari ham shikastlanadi. 10—15 foiz bemorlarda faqat jag‘ osti so‘lak bezlarining shikastlanishi kuzatiladi. Bu xolda shish jag‘ning pastki qismida ovalsimon shaklda bo‘ladi. Ba’zan kasallikning yashirin davri aniqlanadi. Tepkida o‘tkir orxitlar, soforitlar, pankreatitlar, serozli meningitlar, bundan tashqari, ensefalitlar, eshitish nervlari zararlanishi kamroq qayd etiladi.
Tashxisi. Asosan klinik, epidemiologik ma’lumotlarni hisobga olib qo‘yiladi. Bu kasallikni bo‘yin limfadeniti, ikkilamchi parotitlar (ko‘pincha yiringli), toksik difteriya, turli etiologiyali so‘lak bezlari shishguncha paydo bo‘lgap meningeal simptomlari, seroz meniigitlar, sil enterovirusli meningitlardan differensial tashxis qilish lozim. Tashxis qo‘yishda siydikdan diastazning miqdorini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bemorlarda ko‘pincha birinchi haftaning o‘zidayoq diastaz oshgan (32 birlikdan ortiq) bo‘ladi. Epidemik parotitning diagnostikasida birmuncha qiyinroq bo‘lgan zardob bilan neytrallash reaksiyasidan ham foydalanish mumkin. Kasallik avj olayotgan paytda eng maqbul usul komplement bog‘lovchi antitelolarni: aniqlashdir.
Oqibati. Kasallik yengil kechib, ko‘pincha bemor butunlay sog‘ayib ketadi.
Davosi. Simpomatik, ya’ni o‘rin-ko‘rpa qilib yotish, kasallikning o‘tkir davrida shikastlangan so‘lak bezlarini issnq tutish, sollyuks lampasi yordamida nur va UVCH berish kabi tadbirlar yaxshi yordam beradi.
Profilaktikasi. Bemor kasallik boshlangandan 9 kunga alohida qilib qo‘yiladi. U bilan aloqada bo‘lgan bolalar aloqa bo‘lgan kundan boshlab 21 kunga alohida yotqizib qo‘yiladi. Bu kasallikka qarshi faol immunizatsiya maqsadida ishlatish uchun tirik zardob (emlanganlar orasida kasallikni 10 marta kamaytiradi) mavjud.



Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling