Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet74/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Differensial tashxisi. Poliomiyelit o‘tkir miyelit, poliradikulonevrit, botulizm, kana ensefaliti kabi kasalliklar bilan differensiallanadi. Prognozi, Ko‘pincha durust.
Davosi. Bu kasallikka shubha qilingan shaxslar kamida 40 kunga darhol kasalxonaga yotqiziladi. Bemorning xonasi va shaxsiy buyumlari havo-tomchi va ichak infeksiyalaridagi kabi dezinfeksiya qilinadi. Bemorni parvarish qilish shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda olib boriladi. Bemor foydalangan idish-tovoqlar qaynatiladi, uning ajratmalari (axlati, siydigi, balg‘ami) dezinfeksiyalanadi. U bilan aloqada bo‘lgan shaxslarga 15—20 kun muddatga karantin tayinlaiadi. Bemor bilan aloqada bo‘lgan 14 yoshli bolalarga 2 marotaba 3—6 ml dan gammaglobulin tavsiya etiladi. Falajlanish davrida kasallikni davolash organizmning himoya qobiliyatini oshirishdan va organizmga qon zardobini yuborib, kuchsiz kmmunitet hosil qilishdan iborat. Bemorga beriladigan ovqat to‘yimli va unda yetarli miqdorda vitaminlar bo‘lishi zarur. Qo‘shimcha ravishda sutkasiga dan vitamin S, V12 (50—100 mg dan kunora, 2—3 ta davomida), V1 (0,5% li eritmasi 0,5—1 ml dan) berib turiladi. Turli aminokislotalar qo‘llaniladi ftenziyaga qarshi kurashish maqsadida venaga 40% glukoza va 40% li urotropin eritmasi yuboriladi.
Og‘riqqa shikoyatlar bo‘lgan hollarda issiq muolajalar (issiq kilib o‘rab qo‘yish, grelkalar, issiq vannalar) va analgetik vositalar (analgin, amidopirin va boshq) tayinlanadi. Bulbar buzilishlarda halqumdan shilliq chiqarib tashlanadi, parenteral yo‘l bilan suyuqlik yuboriladi. Yurak faoliyatining buzilishi adrenalin qabul qilishni, nafasning buzilishi esa sun’iy respiratorlar qo‘llashni talab qiladi. Kasallikning o‘tkir bosqichida va uning asoratlariga qarshi yoshga qarab antibiotiklar va sulfanilamidlar tayinlanadi. Xastalikning birinchi kunlaridanoq prozerin, dibazol, sekurenin, galantamin, oksazil yuboriladi. Bu preparatlar organizm o‘z holiga kelayotganda va qoldiq hodisalar bo‘lganda ham buyuriladi. Prozerin ichish uchun 0,0015—0,003 g yoki 0,1—0,5 ml 0,05% li eritmasi 8—10 kun davomida teri ostiga, dibazol 0,001—0,002 dan bir yoshgacha (0,001—0,002 g dan uning ikkilamchi kurslari), galantamin 0,25% li eritmasi 0,1 mg dan bir yoshgacha,-0,2 ml 2—3 yoshgacha, 0,2 ml 2— 3 yoshgacha, 0,3—0,5 ml 3—7 yoshda kuniga 1 marta teri ostiga tayinlanadi. Sekureninning 0,4% li eritmasi 1 yoshgacha 1 tomchidan kuniga 2 marta beriladi. Organizmning tiklanish davrida qoldiq hodisalar bo‘lganda fizioteralevtik muolajalarga, shuningdek, massaj va davolash gimnastikasiga alohida e’tibor qilinadi. Boshida yengil, issiq muolajalar, keyinroq UVCH, yengil massaj va gimnastikaning sodda mashqlari o‘tkaziladi. Keyin esa faol gimnastikaga o‘tiladi. Massaj va gimnastikani vannada, kichik suv havzasida o‘tkazgan ma’qul. Qoldiq hodisalarni davolashni statsionarda boshlanadi, keyin esa maxsus sanatoriylarda davom ettiriladi, shu bilan birga issiq applikatsiyalar ham keng qo‘llanadi.
Profilaktikasi. Formalin yordamida suvsizlantirilgan virusni mushak orasiga yuboriladi va tirik attenuirlangan zardob (Sebin bo‘yicha emlash kalendariga qarang) kasallikning faol profilaktikasida keng qo‘llanadi. Baksinatsiyalash kasallikning butunlay yo‘qolib ketishiga olib keladi.



Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling