Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet77/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Tashxisi. Klinik alomatlarning turlicha bo‘lishi tashxis qo‘yishni qiyinlashtiradi. Tashxisni to‘g‘ri qo‘yishda epidemiologik anamnezni chuqur o‘rganib, bakteriologik va serologik tekshirish usullari va klinik kuzatuvlar dinamikasini hisobga olish muhim axamiyatga ega. Kasallik manzarasi bilan to‘g‘ri keladigan tashxis qo‘yishda qo‘zg‘atuvchini ajratish lozim. Bakteriologik tekshirish uchun bemorlarning axlati, qoni, balg‘ami va burun-xalqum yuvindilaridan foydalaniladi. Kasallikning birinchi kunlarida musbat ekmalar tezligi o‘sib boradi. Laboratoriya usullaridan birmuncha ko‘proq tarqalgan usullar serologik reaksiyalardir: agglutinatsiya (AR), pretsipitatsiya reaksiyasi (PR), komplement boglash reaksiyasi (KBR), egri gemagglutinatsiya reaksiyasi (EGAR), egri gemagglutinatsiya tormozlash reaksiyasi (EGLTR), immunoflyuoressensiya (IFR), bakterial lizis reaksiyasi (BLR) shular jumlasidandir.
Amalda ko‘pincha AR (diagnostik titr 1:100 va undan baland) va EGAR dan (diagnostik titr 1:200 va undan yuqori) foydalaniladi.
Serologik tekshirish usullarning diagnostik axamiyati ikkilamchi tekshirishlarda xam ortib boradi. Soxta sil kasalligini skarlatina, xoletsistit, gepatit, appenditsit, enterovirus kasalliklari, bod, tif-paratifoz kasalliklar va salmonellyoz kasalliklari bilan differensial tashxis qilinadi.
Prognozi. Kasallikning turiga, davolashning qachon boshlanganiga bog‘liq.
Oqibati yomon emas.
Davosi. Soxta sil kasalligining har qanday turi bilan og‘rigan bolalarni kasalxonaga yotqizish shart emas. Jigar shikastlanishi simptomlari bo‘lmaganda bemorga parhez tayinlash ham zarur emas. Jigar shikastlanganda ovqatlanish uchun 5-son parhez, klinik manzara avjiga chiqqandagi obdominal simptomlarda 4-keyin 2-(Pevzner bo‘yicha) parhez dasturxon tayinlanadi. Antibiotiklardan yoshga qarab 5—7 kunga levomitsetin, gentamitsin buyuriladi. Kasallik xuruj qilganda (qaytalanganda) boshqa antibiotiklar yordamida takror davo kursi o‘tkaziladn.
Intoksikatsiyada elektrolit balansini xisobga olgan holda suv-tuz eritmalari yuboriladi (10% li glukoza eritmasi, osh tuzining fiziologik eritmasi, poliion eritmalari, quyi molekular polimerlarni, qon preparatlarini qon o‘rnini bosuvchi eritmalarni). Kasallik og‘ir kechganda qisqa kursli gormonlar terapiyasi tavsiya etiladi. Miokard zararlanganda kordiamin, strixnin, kofein ko‘rsatilgan. O‘tkir yurak yetishmovchiligida (endotoksik shok) adrenalin-, efedrin, metazon buyuriladi. Gemorragik sindrom rivoj-langanda tromblar hosil bo‘lishining oldini olish maqsadida antikoagulyantlar (geparin) tayinlanadi.
Kuchli artralgiya sindromi ifodalangan bolalarga natriy salitsilat, amidopirin va analgin buyuriladi.
Profilaktikasi. Sanitariya-epidemiologik xizmatni yaxshi yo‘lga qo‘yish, deratizatsion chora-tadbirlar ko‘rish, soxta sil bo‘yicha noxush obyektlarni aniqlash va hisobga olish, ularni sog‘lomlashtirish. Har kvartalda kamida bir marta kemiruvchilarni tutishni yo‘lga qo‘yish lozim. Soxta sil profilaktikasida oziq-ovqat mahsulotlariga infeksiya tushishining oldini oluvchi va cheklovchi chora-tadbirlarni o‘tkazish muhim ahamiyatga ega. Bunga oziq-ovqat saqlanadigan omborlarda vaqti-vaqti bilan dezinfeksiya o‘tkazish bilan erishiladi. Soxta sil bilan kasallanganlar paydo bo‘lishi bilan epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar kuchaytirilishi zarur. Bemorlar gospitalizatsiya qilingandan so‘ng, oxirgi dezinfeksiya o‘tkaziladi. Kasallik kelib chiqqan joylardagi sabzavot va tuzlamalardan tayyorlangan ovqat va salatlarni iste’mol qilishga ruxsat etilmaydi. Shuningdek, ovqatlanish muassasalari, sazdo xodimlari, bolalar muassasalarining ishchilari orasida soxta sil qo‘zg‘atuvchilarini tashib yuruvchilarni aniqlash zarur. Soxta silning maxsus profilaktikasi ishlab chiqilmagan.



Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling