Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти
Download 426.91 Kb.
|
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Epidemiologiyasi
SARAMAS (ERYSIPELAS)
Umumiy toksik, A guruhiga mansub beta-gemolitik streptokokklar keltirib chiqaradigan, terining yuza sathlari zararlanadigan yuqumli kasallikdir. Etiologiyasi. Saramas qo‘zg‘atuvchisi asosan gemolitik streptokokklar bo‘lsa-da, lekin bu kasallikni streptokokklarning boshqa turlari, ya’ni yashil stafilokokklar yoki pnevmokokklar ham keltirib chiqarishi mumkin. Epidemiologiyasi. Ko‘pchilik hollarda kasallik saramasga uchragan bemorlar bilan aloqada bo‘lmasdan turib, mustaqil ravishda kelib chiqadi. Bolalar kattalarga qaraganda kamroq kasal bo‘ladilar. 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar, ayniqsa chaqaloqlar hammadan ko‘ra ko‘proq kasallanadilar. Kasallik ekzogen va endogen (limfogen) yo‘l bilan yuqadi. Ekzogen yo‘l bilan infeksiya shilingan teri orqali o‘tadi. Limfogen yo‘l bilan esa kasallik qo‘zg‘atuvchining limfa yo‘llari orqali, yallig‘lanishning boshqa o‘choqlaridan (osteomiyelit, flegmona, angina, tishlar kariyesi va boshq) yuqadi. Patogenezi. Teriga tushgan streptokokklar limfa tugunlarida joylashadi, keyin limfa tomirlari orqali turli a’zolarga tarqala boshlaydi. Intoksikatsiyani endo- va ekzotoksinlar, streptokokklarning boshqa toksik substansiyalari keltirib chiqaradi. Streptokokklarning mahsulotlari infeksiyaning tarqalishini yengillashtiradi. Saramas tez-tez qaytalanib turishga moyilligi bilan ta’riflanadi. Saramas va retsidivlarning kelib chiqish mexanizmida oliy nerv faoliyatining axvoli va organizm qarshiligini susaytiruvchi hamda latent infeksiyani faollashtiruvchi endogen va ekzogen omillarning noxush ta’siri ahamiyatga ega. Surunkali yallig‘lanish jarayonlari, surunkali teri kasalliklari, o‘tkir yallig‘lanish kasalliklari, mayda jarohatlar, sovuq qotish noxush ta’sirlar jumlasiga kiradi. Bordiyu, saramas qo‘zg‘atuvchisi limfatik to‘siq orqali terining chuqur qavatlariga kirib qolsa, teri osti abssesslari, bakteriyemiya va metastatik yallig‘lanish o‘choqlari rivojlanadi. Bu asosan nimjon, kuchsiz, tez-tez kasal bo‘ladigan bolalarda qayd etiladi. Download 426.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling