Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


POLIOMIYELIT (POLIOMIELITIS)


Download 426.91 Kb.
bet72/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

POLIOMIYELIT (POLIOMIELITIS)

Bolalarning orqa miya falaji, epidemik falaj, Geyne-Medin kasalligidir. Poliomiyelit o‘tkir virusli kasallik bo‘lib, nerv sistemasining shikastlanishi, ichakda va burun-halqum shilliq pardalarida yallig‘li o‘zgarishlar borlngi bilan xarakterlanadi.


Etiologiyasi, epidemiologiyasi. Qo‘zg‘atuvchi tashqi muhitga anchagina chidamli bo‘lgan virusdir. Virusning 3 serotiplari (I, II, III) farq qilinadi. Bemorlar, rekonvalessentlar va sog‘lom virus tashuvchilar kasallikning yuqumli manbai bo‘lib hisoblanadilar. Virus burun-halqum shillig‘i va chiqindilari orqali tashqariga ajraladi.
Bolalar orasida poliomiyelitga qarshi emlash ishlari keng olib borilganligi tufayli bu kasallik kam uchraydi.
Patogenezi. Burun-halqum va xazm yo‘li infeksiyaning kirish darvozasidir. Infeksiya bu yerda ko‘payadi va qonga tushadi, keyin bosh va orqa miyaga boradi. Qo‘zg‘atuvchining nerv tolalari orqali tarqalishi ham extimoldan xoli emas. Kasallikning o‘tkir bosqichida bosh va ayniqsa, orqa miya va pardalari shishishi, qon to‘lib qolishi, ko‘pincha miya to‘qimalariga qon quyilib qolish hollari ham kuzatiladi.
Gistologik tekshirilganda orqa miya kul rang moddasi oldingi shoxlarining nerv hujayralarida va qator xollarda bosh miya o‘zagida toksik-degenerativ o‘zgarishlar aniqlanadi. Miya po‘stlog‘i, po‘stloq osti tugunlari, gipotalamik soxalarga kamroq zarar yetadi. Ichki a’zolardan ko‘pincha yurak va o‘pka shikastlanadi.
Klinikasi. Kasallikning bir necha klinik turlari farq qilinadi.
Abortiv turi ko‘pincha epidemiya tarqalganda kuzatiladi va kataral xodisalar va me’da-ichak buzilishlari bilan o‘tadigan yengil infeksion kasallik sifatida kechadi. Orqa miya suyuqligida ba’zi xujayralar sonining ko‘payganligi va qand darajasining oshganligi aniqlanadi.
Aparalitik turi seroz meningit simptomlari — bosh og‘rig‘i, qayt qilish, lohaslik bilan xarakterlanadi. Orqa miya suyuqligida sitoz oshib ketadi. Odatda iz qoldirmay, 3—5 kunda o‘tib ketadi.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling