Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти
Download 426.91 Kb.
|
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asoratlari
- Differensial tashxisi
Klinikasi. Kasallikning yashirin davri 11—14 kun bo‘lib, uning kechishda 4 ta davr: prodromal davr (yuqori harorat, darmonsizlanish), toshma toshish davri (xaroratning ko‘tarilishi, yuzda, gavda va qo‘l-oyoqda dog‘simon papulyoz toshmalar paydo bo‘lishi, 3—4 kundan keyin pufakchalarga aylanishi), yiringlanish davri (3-4 kun), qurish hamda po‘stloqlar hosil bo‘lish davri tafovut qilinadi. Po‘stloqchalar asta-asta ko‘chib tushadi, o‘rnida xarakterli chandiqlar qoladi.
Toshmalar asosan terining zich qismlarida (ko‘pincha yuzda) aniqlanadi. Ular burun-xalqum shilliq qavatlarida, konyunktivada, ko‘pincha hiqildoqda paydo bo‘ladi. Taxminan 40 foiz bemorlarda prodromal toshmalar paydo bo‘lishi mumkin, bular o‘z xarakteri bo‘yicha qizamiq va skarlatina toshmalarini eslatadi va ko‘pincha gavdaning ko‘krak va sonning yuqori qismlarida joylashib, tezda yo‘qolib ketadi. Kasallik turlicha og‘irlikda juda yengil (varioloid) boshlanib, og‘ir gemorragiyagacha (qora chinchechak) kechadi. Varioloid — chin-chechakning qisqa davrda kechadigan yengil turidir. U ko‘pincha vaksinatsiyalangan shaxslarda kuzatiladi. Toshmalar erta paydo bo‘lib, ular kam va yuza bo‘ladi (varioloidda chandiqlar qolmaydi). Chinchechakning abortiv turi kasallikning yengil kechishi bilan xarakterlanadi. Bunda toshmalar toshmaydi, umumiy ahvol kam o‘zgaradi va nekontagioz (yuqumli emas) bo‘ladi. Chinchechakning og‘ir turi uning gemorragik xilidir. Kasallikning klinik turida letallik 100% ga yetadi. Kasallikdan nobud bo‘lish darajasi 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida bir muncha yuqori bo‘ladi. Asoratlari. Yiringli flora sababli kelib chiqadigan septik jarayonlar, pnevmoniya, ensefalitlardir. Tashxisi. Epidemiologik ma’lumot hisobga olingan holda kasallikning klinik manzarasiga asoslanib qo‘yiladi. Laboratoriya tekshiruvlariga mikroskop, immunoflyuoressent, virusologik, serologik (GATR va boshq) usullar kiradi. Shoshilinch tashxis qilish lozim bo‘lgan hollarda (virusni aniqlash uchun) EGAR dan foydalaniladi. Differensial tashxisi. Chinchechak kasalligini suvchechak, doridan kelib chiqadigan toshmalar, qizamiq, qizilcha, polimorf ekssudativ eritema, impetigo, sepsis, skarlatina kabi kasalliklardan ajrata bilish lozim. Download 426.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling