Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet67/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

SUVCHECHAK (VARICELLA)

O‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, teri va shilliq qavatlarga ichida tiniq suyuqlik bo‘lgan suvchechak toshmalari toshadi, bunda organizmda kamroq yoki o‘rtacha intoksikatsiya belgilari yuzaga chiqadi.


Etiologiyasi. Qo‘zg‘atuvchisi juda uchuvchan, tashqi muhitga chidamsiz, suvchechak toshmalari ichidagi suyuqlikda uchraydigai filtrlanuvchi virus.
Epidemiologiyasi. Infekssya manbai bemor hisoblanib, u butun kasallik davomida va kasallik tuzalganidan keyin 5 kungacha yuqumli hisoblanadi.
Infeksiya manbai qoplama lishay ham bo‘lishi mumkin, chunki ikkala kasallik viruslari orasida bog‘liqlik bor ekanligi aniqlangan. Infeksiya faqat havo-tomchi yo‘li bilan yuqadi. Kasallikka beriluvchanlik juda ko‘p bo‘ladi. Chaqaloqlardan tortib hamma yoshdagi bolalar kasallanadi.
Suvchechak bilan og‘rib tuzalgandan keyin umr bo‘yi immunitet qoladi.
Patogenezi. Yuqori nafas yo‘llari shilliq qavati infeksiyaning kirish yo‘lidir. Virus terining epitelial hujayralari shilliq qavatini shikastlaydi. Og‘ir hollarda virus parenximatoz a’zolarini ham shikastlashi mumkin. Suvchechak bilan ikkinchi marta og‘rish kamdan-kam uchraydi.
Klinikasi. Kasallikning-inkubatsion davri 11 kundan 21 kungacha (o‘rta hisobda 14 kun) davom etadi.
Kasallikning yashirin davri kam kuzatilgan. Bemor o‘zini lohas sezadi, isitma subfebril bo‘ladi, ba’zan qizamiq yoki skarlatinaga o‘xshash toshmalar toshadi.
Chin suvchechakda toshma yuzda, boshning sochli qismlarida, badanda, barmoqlarda paydo bo‘ladi. Toshmalar dastlab pushti rang dog‘chalar shaklida bo‘ladi, keyin yozda papulalarga, undan keyin esa ichida tiniq suyuqlik bo‘lgan giperemiya bilan keskin chegaralangan pufakchalarga aylanadi. Pufakchalar 1—2 kundan so‘ng qurib, qora qo‘tir — po‘st bog‘laydi va 1—3 haftadan keyin tushib ketadi. Suvchechak toshmalari birin-ketin 4—5 kun davomida toshadi.
Ba’zan toshmalar og‘iz bo‘shlig‘idagi shilliq qavatlarda, halqumda, jinsiy a’zolarda paydo bo‘ladi. Suvchechakda toshadigan toshmalar soni juda xilma-xil bo‘lib, ularning xarakteri turlicha bo‘ladi, ya’ni papulyoz toshmadan tortib, pufakcha bo‘lib ulgurmaganigacha, pustulyozgacha, brutselloz va gangrenoz elementlarigacha mavjud.
Kasallikning yengil turlarida toshmalar butun tananing y ep bu yeridagina uchrab, intoksikatsiya belgilari aniqlanmaydi. Kasallikning og‘ir turlarida esa toshmalar ko‘plab toshadi, isitma ko‘tariladi, intoksikatsiya belgilari yuzaga chiqadi. Ko‘rsatib o‘tilgan belgilar 3—4 kun mobaynida kuzatiladi.
Asoratlari. Suvchechakning asosiy asoratlariga ikkilamchi bakterial floraning zotiljam bilan qo‘shilib kelishi kiradi. Asoratlar ko‘pincha nimjon, ko‘p kasallanib turadigan bolalarda rivojlanadi.
Tashxisi. Kasallikning tipik turlarida tashxis unchalik qiyinchilik tug‘dirmaydi. Kasallik strofulyus tipidagi ekssudativ diatezning terida namoyon bo‘lishi, impetigo, hasharotlar chaqishi va chinchechak bilan differensnal tashxis qilinadi. Suvchechakda toshmalarning birin-ketin toshishi, ularning zich bo‘lishi, terida chuqurroq joylashishi, monomorfli ekanligi, ko‘pincha shilliq qavatlarning shikastlanganligi kuzatiladi.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling