Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet82/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Asoratlari. Rotavirus kasalligidan asoratlar qolmaydi. Lekin ikkilamchi bakterial infeksiyaning qo‘shilishi natijasida kasallik klinik alomatlarining o‘zgarib ketishi va shunga yarasha boshqa terapevtik davolash usulnning talab etilishini unutmaslik kerak.
Tashxisi. Kasallikka tashxis qo‘yishda epidemiologik sharoitlarni xisobga olgan holda, klinik alomatlarga e’tibor beriladi.
Xastalikning o‘tkir boshlanishi, tez-tez, kuniga 10— 15 martagacha suvdek patologik aralashmalarsiz ich ketishi, qayt qilish, degidratatsiya, haroratning bir oz ko‘tarilishi, umumiy intoksikatsiya simptomlari kasallikka xosdir.
Tashxis axlatdagi rotaviruslarni turli yo‘llar bilan aniqlab tasdiqlanadi (elektron mikroskop orqali agardagi diffuzion pretsipitatsiya reaksiyasi, lateks-agglutinatsiya reaksiyasi, immunoferment analizi, rotavirus RNK sini poliakrilamid gelida elekgroforez yo‘li bilan aniqlash). KBR va radial immunoflyuoressent yo‘li bilan serologik tekshirishlar unchalik ahamiyatga zga emas.
Kasallikni vabo, NAG- infeksiyasidan, dizenteriya, esherixioz, salmonellyozning gastrointestinal turidan, shartln patogen bakteriyalar keltirib chiqaruvchi PTI lardan, ichak iyersiniozidan, protozoy kasalliklaridan, adenovirus va enterovirus infeksiyalaridan (diareya) ajrata bilish kerak.
Davosi. Spetsifik va etiotrop preparatlar yo‘q. Normal odam immunoglobulinini 3—6 ml dan mushak orasiga yuborish mumkin. Patogenetik davolash usuli davolashning asosi bo‘lib xisoblanadi, eng avvalo yo‘qotilgan suyuqlik va elektrolitlarning o‘rnini to‘ldirish lozim. I yoki II darajali suvsizlanishda glukoza-elektrolit eritmasi peroral yo‘l bilan yuboriladi. Bunda quyidagi eritmadan foydalanish mumkin: natriy xlorid - 3,5 g, natriy gidrokarbonat —2,5 g, kaliy xlorid—1,5 g, glukozaning—20 g/l suvdagi. eritmasi. Katta yoshli kishilarga eritma oz-ozdan (30—100 ml) har 5—10 daqiqa ichib turishga beriladi. 1 l eritmaga 20 g glukoza quyilgan Ringer eritmasidan berish mumkin, shuningdek, 5-raqamli eritmani (5 g natriy xlorid, 4 g natriy gidrokarbonat, 1 g kaliy xlorid 1 l suvga) 41 g glukozaga qo‘shib berish mumkin. Eritmalardan tashqari boshqa suyukliklar (choy, mors, mineral suvlar) xam berish mumkin.
Birlamchi regidratatsiya uchun suyuklik miqdori suvsizlanishning darajasiga bog‘liq bo‘lib, bu klinik belgilar bilan tekshirilib turiladi. Organizmning suyuqlikka to‘yinish darajasiga yetgach, regidratatsiya yo‘qotilgan suyuqlikning miqdoriga qarab o‘tkaziladi (ich ketish, qayt qilishning miqdori). Suvsizlanishning og‘ir darajasida regidratatsiya vena ichiga suyuqliklar yuborish bilan o‘tkaziladi. (disol, trisol, atsesol va boshq). 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda suv-elektrolit balansi regidron, glyukosolan berish yo‘li bilan to‘ldiriladi; bu suyuqliklar 40 ml/kg og‘irligiga nisbatan bir xo‘plamdan, 1 yoshdan katta bolalarga esa 100 ml/kg tana og‘irligiga nisbatan berib turiladi. Teri odatdagi tusga kirgach, suyuqlik berish to‘xtiladi, suv bilan teng miqdorda suyultirilgan sut beriladi (har 4—5 soatda 200 ml dan).
Katta bolalarga parxez tayinlanganda sut va sut maxsulotlari berilmaydi, uglevodlar cheklangan miqdorda beriladi. Poliferment preparatlar (meksaza, festal, panzinormforte), shuningdek, me’da shirasi, pankreatin, amilaza, triferment, abomin, digestal, atsidin-pepsin beriladi. Antibiotiklarni rotaviruye kasalliklarida berib bo‘lmaydi, chunki ular viruslarga ta’sir etib, disbakteriozni keltirib chiqarisha mumkin.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling