Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet84/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Klinikasi. Inkubatsion davri o‘rta xisobda 2—7 kun davom etadi. Kasallik ko‘pincha o‘tkir boshlanib, harorat ko‘tarilishi, holsizlik, tomoqda og‘riq, qayt qilish bilan kechadi. Xastalikning birinchi yoki ikkinchi kunida terida pushti rang mayda nuqtasimon, ba’zan qattiq qichishadigan toshmalar paydo bo‘ladi. Toshmalar asosan, ko‘proq qorinda, oyoq-qo‘llarning ichki tokonida, burunda va og‘iz bo‘shlig‘ida joylashgan bo‘ladi. Tanglay zararlanishi turlicha bo‘lib, kataral, follikulyar, lakunar va nekrotik angina ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Skarlatina uchun tanglayning qizarib ketishi xarakterli bo‘lib, tanglay qancha ko‘p zararlangan bo‘lsa, bo‘yin limfoadeniti ham shuncha ko‘p bo‘ladi. Kasallikning o‘tkir davri 4—5 kun davom etadi, keyin xarorat asta-sekin tusha boshlaydi, toshmalar oqaradi, bemor o‘zini biroz yaxshi xis eta boshlaydi. Kasallikning dastlabki kunlarida tilni karash bog‘laydi, 2—3 kundan keyin esa uchidan tozalanadi, til so‘rg‘ichlari yaqqol ko‘rina boshlaydi (malinasimon til).
Kasalliknishg 2-xaftasida terining qipiqlanishi kuzatiladi, u badanda kirindisimon ko‘rinishda bo‘lsa, oyoq-qo‘llarda plastivkasimon ko‘rinishda bo‘ladi. Kasallikning birinchi kunlari leykotsitoz, neytrofilyoz, ECHT ning tezlashuvi aniqlanadi. 3-kunidan boshlab qonda eozinofiliya paydo bo‘lib, ba’zan u yuqori (15— 20 foizgacha) darajagacha ko‘tariladi.
Skarlatinaning klinikasi juda xilma-xildir. Tipik skarlatinaking 3 turi: yengil, o‘rtacha og‘irlikda, og‘ir kechadigan turlari farq qilinadi.
Ko‘pincha skarlatinaning yengil turi kuzatiladi, u kuchsiz intoksikatsiya yoki intoksikatsiya butunlay bo‘lmasligi bilan xarakterlanadi. Yuqori harorat (38,5° darajadan oshmaydi), kataral angina, kasallikning qisqa o‘tkir davri (4—5 kun) kuzatiladi. O‘rtacha og‘irlikda kechadigan turida intoksikatsiya birmuncha yaqqolroq bo‘lib, harorat (40° S gacha) ko‘tariladi,tanglayning zararlanishi, ba’zi nekrotik o‘zgarishlar aniqlanadi.
Og‘ir kechadigan skarlatina o‘z navbatida qaysi xolat ko‘proq ustun kelishiga qarab toksik, septik, toksikoseptik turlarga bo‘linadi.
Toksik turiga kasallikning birdaniga kuchli boshlanishi, qayta-qayta qusish, alaxsirash, qaltirash, meningeal simptomlar, taxikardiya xosdir.
Septik turiga tanglayning (nekrotik angina) va regionar limfa tugunlarining og‘ir zararlanishi xarakterli bo‘lib, ba’zan adenoflegmona, ko‘pincha turli yiringli asoratlarga olib kelishi mumkin. Kasallikning tipik shaklidan tashqari, atipik turlari ham bo‘lishi mumkin (yashirin turi), bunda kasallikning asosiy alomatlari ancha kuchsiz namoyon bo‘ladi yoki butunlay bo‘lmaydi.
Asoratlari 2 guruhga bo‘linadi: a) erta asoratlar, bular intoksikatsiya va streptokokk infeksiyasining oqibatidir; b) kechki asoratlar, bular allergik reaksiyalardir.
Asoratlar kasallikning hamma turida ham kelib chiqishi mumkin. Skarlatinada ko‘pincha asoratlar kelib chiqishi kuzatilgan (otit, mastoidit, limfadenit, sinusit, sinovit, glomerulonefrit, yurak tomirlarining zararlanishi va boshq). Skarlatinaning retsidivlari ham kelib chiqishi mumkin, bunda ma’lum vaqtda kasallikning barcha alomatlari qaytadan namoyon bo‘ladi. Ko‘pincha kasallikning yengil turi kuzatiladi, shuningdek, gospitalizatsiya yaxshi yulga qo‘yilgani uchun asoratlar ham kam uchraydi.
Tashxisi. Tashxis kasallik klinikasi, dinamikasi va epidemiologik ma’lumotlarni hisobga olib qo‘yiladi (skarlatina bo‘lgan kasallar yoki rekonvalessentlar, shuningdek, boshqa streptokokk infeksiyalari bilan aloqada bo‘lganlarni). Asosiy diagnostik usullardan qondagi o‘zgarishlar, tanglaydan toksigen streptokokklarni ajratib olish va Dik reaksiyasi hisoblanadi.
Skarlatina qizamiq, soxta sil, qizilcha, zardob kasalliklaridan, issiqlik toshmasidan, dorilardan toshadigan va allergik toshmalardan, tanglay difteriyasidan va boshqa anginalardan ajratiladi.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling