Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Ilk yoshdagi bolalarda spidning xususiyatlari


Download 426.91 Kb.
bet92/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Ilk yoshdagi bolalarda spidning xususiyatlari. VICH bilan ona qornida zararlangan bolalar ko‘pincha oy-kuni yetmasdan, ona qorni ichidagi gipotrofiya belgilari va turli nevrologik buzilishlar bilan tug‘iladi. Postnatal davrida bunday bolalar kam rivojlanadi, qaytalanuvchi infeksiyalarga chalinadi, ularda doimo limfoadenopatiya, gepato-va splenomegaliya aniqlanadi. Teri va shilliq pardalarning turg‘un kandidozi, pnevmotsist pnevmoniya, turg‘un enterit va tana vaznnninga oshmay qolishi ko‘pincha kasallikning dastlabki belgilari bo‘lib xisoblanadi. Psixomotor rivojlanishdan orqada qolishi bilan namoyon bo‘ladi.
Bolalarda SPID kattalarga qaraganda aksariyat o‘tkir, harorat ko‘tarilishi, limfa tugunlari, jigar va qorataloqning kattalashuvi bilan boshlanadi. Ular ozib-to‘zib ketadilar. Ularda ko‘pincha teri qichishishi, dog‘simon papulyoz toshma, aksari trombotsitopeniyaning paydo bo‘lishn tufayli gemorragik toshmalar kuzatiladi. Bolalarda kattalardagiga qaraganda ensefalopatiya, talvasa va tutqanoq tutishi kabi nevrologik simptomlar avj oladi, aksari parotit va anemiya (kamqonlik) paydo bo‘ladi.
Tashxisi. SPIDga tashxis klinik-epidemiologik va laboratoriya ma’lumotlari yig‘indisiga asoslanib qo‘yiladi. Bolalarni xavfli guruhdan annqlab olish, epndemiologik ma’lumotlar katta axamiyatga ega. Gemofiliya ikkilamchi va birlamchi immun yetishmovchilik bnlan og‘rigan bemorlarda, gemodializda bo‘lgan bolalarda, shuningdek, fohishalar, giyoxvandlar, bioseksualistlardan tug‘ilgan bolalarda SPID viruslaridan zararlanish ehtimoli yuqori bo‘ladi.
Kasallik dinamikasida immunoferment analiz metodi (IFA) bilan qonda virus va o‘ziga xos antitelolarni bevosita aniqlash, SPID tash.xisi uchun hal etuvchi ahamiyatga ega. Viruslarni latent holatda aniqlash imkonini beradigan molekular gibridizatsiya usuli eng yaxshi usullardan hisoblanadi.
Laboratoriya usuli sifatida T4—T8 koeffitsiyentini baholashdan foydalanish tavsiya qilinadi. T-xelperlar sonining keskin darajada kamayib ketishi SPID uchun ayniqsa xarakterlidir, buning natijasida T4— T8 koeffitsiyenti 1 dan kam bo‘ladi. Qon zardobida immunoglobulinlar va ayniqsa aylanib yuradigan immun komplekslarning keskin ko‘payishi, shuningde limfotsitlar, blastogen-reaksiyalarning mitogenlarga va teri sinamalari yordamida topiladigan turli antigenlarga bo‘lgan teri energiyasi hodisalari diagnostik ahamiyatga ega bo‘ladi.
Periferik qon tomonidan zo‘rayib boruvchi limfotsitopeniya, eritrotsitopeniya, trombotsitopeniya va eozinofiliya SPID uchun ayniqsa xosdir. Virusga qarshi davo syfatida azitimidin, ribovirin (virazol), siklosporimin A, interferon va boshqalar ancha muvaffaqiyatli qo‘llanilyapti. Azitimidin tayinlashda yaxshiroq natijalar olingan. Preparatni 1 kg tana vazniga 20—30 mgdan bir kecha-kunduzda 4 maxal 4—6 hafta mobaynida ichish tayinlanadi. Preparat mnqdori oshyarib yuborilganda bosh og‘rishi, ko‘ngil aynishi va qayt qilishdan shikoyatlar bo‘lishi ehtimol, periferik qonda, ba’zan eritrotsitlar sonining ko‘payishi, leykopeniya va kamqonlik qayd qilinadi.
Immunitetni tiklash uchun timalin, T-aktivin, timazin, interleykin-2, levamizol (dekaris), natriy nukleinat, indometatsin va boshqalar buyuriladi. Timus preparatlari hujayralar funksiyasining asli xoliga qaytishnga olib keladi. Lekin ular kasallikning klinik manzarasini yaxshilamaydi, shu sababli ularni viruslarga qarshi preparatlar bilan birga qo‘llash taklif etiladi.
Kasallik kechishini og‘irlashtiruvchi va bemor hayotiga xavf soluvchi shartli patogen florani susaytirish SPIDga uchragan bemorlarni davolashda ancha mas’uliyatli vazifadir. Bu maksadda antibakterial preparatlar, shu jumladan turli antibiotiklar, sulfanilamidlar keng ko‘lamda qo‘llanadi. Protozoy flora bo‘lganda trimetoprim-sulfametoksazol, primetamin-sulfametoksazol, pentamidin va boshqalar ishlatiladi. Zamburug‘li asoratlarga davo qilish uchun amfoteritsin V, nistatin, levorin tayinlanadi.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling