Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet88/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

QOQSHOL (TETANUS)

O‘tkir yuqumli infeksion kasallik bo‘lib, qoqshol toksini keltirib chiqargan chaynov mushaklarining tonik qisqarishlari, vaqti-vaqti bilan talvasa tutishi, organizmning umumiy zaharlanishi bilan ta’riflanadi.


Etiologiyasi. Qo‘zg‘atuvchisi—ekzotoksin ajratuvchi, harakatchan spora xosil qiladigan tayoqcha bo‘lib, anaerob sharoitlarda rivojlanadi. Tuproqqa najas bilan birga tushib, o‘z hayot faoliyatini uzoq saqlab turadigan sporalar xosil qiladi. Kasallik aksariyat teri orqali yuqadi. Chaqaloqlar kindik yarachasi ifloslanganda zararlanishi mumkin. Kasallik patogenezida neyrotrop ta’sir ko‘rsata oladigan toksin asosiy rol o‘ynaydi. Qoqshol to‘qimalar nekrozi bilan davom etadigan chuqur sanchilgan yaralar va shikastlanishlarda ayniqsa xatarli hisoblanadi.
Qoqshol tayoqchasi toksini nerv tolalari oxirlariga, orqa va bosh miyaga ta’sir etadi. Toksik-simpatik nerv sistemasi tonusining oshnshi taxikardiya, gipertoniya, aritmiya, periferik tomirlar spazmi, ko‘p terlashni keltirib chiqaradi. Qokshol patogenezida metabolik buzilishlarga muhim ahamiyat beriladi.
Klinikasi. Inkubatsion davr o‘rta hisobda 6—14 kundir. Kasallik birdan umumiy xolsizlik, bezovtalanish va chaynov mushaklarining og‘riqli talvasasi, keyin yuz mushaklarining talvasali qisqarishi va tez orada og‘riq gavda mushaklariga o‘tishidan boshlanadi. Buning natijasida gavdaning yoyga o‘xshab egilishi, qorinning keskin taranglashishi, nafas buzilishlari rivojlanadi. Harorat o‘rtacha ko‘tarilgan bo‘ladi.
Ko‘p terlash va so‘lak oqishi qayd qilinadi. Xastalik odatda og‘ir o‘tadi va o‘lim hollari ko‘p bo‘ladi.
Kasallik klinik belgilarining og‘ir-yengilligiga qarab, xastalikning yengil, o‘rtacha og‘ir, og‘ir va juda og‘ir turlari farq qilinadi.
Qoqsholning yengil turida kasallikning asosiy klinik belgilari asta-sekin rivojlanadi, tonik talvasalar sust ifodalanadi, bunda o‘qtin-o‘qtin talvasa tutishi, o‘choqli infeksiyada mushaklar gipertonusi (mahalliy qoqshol) qayd qilinishi ehtimol. Bunday holat bir necha hafta mabaynida saqlanib turishi va nom-nishonsiz yo‘qolib ketishi mumkin.
Og‘ir kechadigan qoqshol nisbatan qisqa inkubatsion davr (3—5 kun) bilan ta’riflanadi. Kasallik o‘tkir, shiddatli boshlanadi. Trizm barvaqt paydo bo‘ladi,. chaynov mushaklari spazmi boshqa mushaklar spazmi bilan almashadi, yutinish qiyinlashadi. Bezovtalanish, jizzakilik, bosh og‘rishi kasallikning ilk belgilaridandir. Qoqshol tutqanog‘i kech paydo bo‘lib, uzoq vaqt davom etishi mumkin, asfiksiya, qon aylanishining buzilishi, dizuriya kuzatiladi, shu bilan bir qatorda bolalarda ko‘pincha beixtiyor siyib qo‘yish va axlat ajralishi qayd qilinadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda qoqshol tarqoq (generalizatsiyalashgan) turda kechadi, so‘rish akti buziladi, bezovtalik, yig‘loqilik paydo bo‘lib, bunga talvasalar qo‘shilib ketadi. Ilk bor tremor, blefarospazm qayd qilinishi mumkin.

Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling