Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти
Download 426.91 Kb.
|
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- TOSHMALI TERLAMA (TYPHUS EXANTHEMATICUS)
- Etiologiyasi
- Epidemiologiyasi
Profilaktikasi. Sanitariya-epidemiologiya rejimiga rioya qilgan holda davolash statsnonarlari va bolalar muassasalarida stafilokokk kasalliklarining oldini olishga qaratilgan epndemiyaga qarshi tashkiliy chora-tadbirlar asosiy zveno bo‘lib hisoblanadi. Profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar tug‘ruqxonalarda ayniqsa puxta o‘tkazilishi zarur.
Ko‘kragining uchi yorilgan, mastit bo‘lgan va xronik o‘choqli infeksiyasi bor onalar sinchiklab bakteriologik tekshiriladi. Bolani kasal ko‘krakni berib boqish mumkin emas. Sut yaxshilab sog‘ib olinishi va chaqaloqqa faqat pasterizatsiya qilingandan keyin berilishi lozim. Tibbiyot va bolalar muassasalari xodimlari orasida stafilokokkning patogen shtammlari tashuvchilarini sinchkovlik bilan aniqlash zarur. Sanitariya maorifi ishi stafilokokk infeksiyasiga qarshi kurashda muhim rol o‘ynaydi. Bu maqsadda aholini stafilokokk infeksiyasining klinik formalari, profilaktika va dezinfeksiya tadbirlari bilan tanishtirmoq lozim. Stafilokokk infeksiyasini boshdan kechirgan bolalar 6 oydan bir yilgacha dispanser kuzatuvida bo‘ladilar. Bu davr mobaynida kasallik qaytalanishi ehtimol bo‘lish profilaktikasi o‘tkaziladi. Shuningdek, stafilolokk bakteriyasiga qarshi sanatsiya qilinadi. TOSHMALI TERLAMA (TYPHUS EXANTHEMATICUS) Toshmali terlama (toshmali-epidemik, bit orqaln yuqadigan terlama) o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, uni Provatsek rikketsiyalari keltirib chiqaradi, bitlar orqali yuqadi. Kasallik tifoz holatlar, o‘ziga xos ekzantema, shuningdek, nerv va yurak-tomir sistemasining o‘tkir zararlanishi bilan kechadi. Etiologiyasi. Toshmali terlama qo‘zg‘atuvchisi (Provatsek rikketsiyalari) kattaligi 1 dan 30—40 mkm gacha keladigan mayda mikroorganizmlar bo‘lib, ifodalangan polimorfizmga ega. Romanovskiy bo‘yicha qip-qizil donachalari yadrochalari bo‘lgai zangori rangga bo‘yaladi. Faqat to‘qimalar kulturasida va tovuq embrionidagina o‘sadi. Epidemiologiyasi. Toshmali terlama transmissiv infeksiyalar qatoriga kiradi. Epidemik toshmali terlama yoki Brill kasalligiga uchragan kasal kishigina infeksiya manbai hisoblanadi. Qo‘zg‘atuvchi kasal odamdan kiyim-kechak va qisman bosh bitlari orqali o‘tadi. Odam bit ajralmalarini ezib tashlashi sababli, ularda saqlanadigan rikketsiyalar bilan birga teriga tushib, uni zararlaydi. Bit chaqib olganda odam zararlanmaydi, chunki bitlarning so‘lak bezlarida toshmali terlama qo‘zg‘atuvchisi bo‘lmaydi. Download 426.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling