Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet104/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Klinikasi. Odamda 3—8 kunlik inkubatsion davridan keyin intoksikatsiya simptomlari — ishtaha pasayishi, et uvishishi, bosh og‘rishi, tomoqda og‘riq, og‘iz qurishi, lohaslik, quvvatsizlik, mushaklarda og‘riq paydo bo‘ladi. Og‘iz bo‘shlig‘i ko‘zdan kechirilganda ko‘pincha til ildizida kichkina yaracha aniqlanadi. Isitma boshlanganidan 1—3 kun o‘tgach, og‘iz shilliq pardasida avval tiniq, keyin esa loykaga o‘xshash suyuqlikka to‘lgan pufakchalar hosil bo‘ladi. 1 —1,5 kundan keyin pufakchalar yorilib, o‘rnida chekkalari g‘adir-budur va tubi toza, yassi bo‘lgan, og‘riq beradigan eroziyalar paydo bo‘ladi. Bunday o‘zgarishlar tilda, labda, burun qanotlarida, oyok-qo‘l terisida qayd etiladi. Regionar limfa tugunlari kattalashadn. Yaralar hosil bo‘lgandan keyin harorat asta-sekin normagacha pasayadi va bemor o‘zini durustroq sezadi. Odatda kasallik 2—3 hafta davom etib, aksari sog‘ayish bilan tugaydi. Oqsimda yurak-tomir sistemasi tomonidan buzilishlar: arterial bosim ko‘tarilishi, tomir urishi (puls) ning sekinlashuvi, yurak tonlarishshg oz-moz bo‘g‘iq bo‘lishi va chegaralarining kengayishi kuzatilishi mumkin. Qonda eozinofiliya qayd etiladi. Odamda oqsimning xavfli turi kuzatiladi, bunda yurak faoliyatining susayib ketishi o‘limning asosiy sababi hisoblanadi. Bolalarda kasallik bnr qator og‘ir va uzoq, hamma vaqt gastroenterit simptomlari bilan, ya’ni qusish, ich ketishi, ko‘pincha qon aralash kechadi. Ularda intoksikatsiya simptomlari kattalardagiga qaraganda ko‘proq ifodalangan bo‘ladi, terida pufakchalar paydo bo‘lib, stomatit hamma vaqt ham kayd etilmaydi.
Oqsimga tashxis epidemik yoki epizootik ma’lumotlar bor-yo‘qligiga, kasallikning klinik manzarasiga va dengiz cho‘chqalarida qo‘yilgan biologik sinamalarga qarab qo‘yiladi. Virusologik va serologik usullar, komplementni bog‘lash reaksiyasi va bemor zardobida virusni bartaraf etuqchi antitelolarni aniqlash usullari qo‘llanadi. Aftoz stomatitlari, Bexchet kasalligi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi, oyoq panjalari va qo‘l kafti terisining zararlanishi bilan o‘tadigan virus kasalliklaridan ajratiladi.
Davosi. Oqsimga qarshi maxsus davo yo‘q. Odatda simptomatik va umumquvvatlovchi davo: o‘rin-ko‘rpa rejimi, toza havo, vitaminlar, og‘iz bo‘shlig‘ini rivanol yoki margimush eritmasi bilan chayqash kabilar buyuriladi, yiringli asoratlar bo‘lganda antibiotiklar tayinlanadi. Kattalarga venaga 0,3—0,45 ml dan kuniga 2—3 mahal novarsenal yuborib turish tavsiya etiladi. Bolalarga ichish uchun 4 kun mobaynida osar-sol beriladi. Oqsim bilan og‘rigan hamma bolalar kamnda 21 kunga albatta kasalxonaga yotqiziladi. Kasallik o‘chog‘i ham albatta dezinfeksiya qilinadi.
Profilaktikasi. Oqsim yuqmasligi uchun aholi o‘rtasida kasallikning xavf-xatari haqida keng ko‘lamda tushuntirish ishlarini o‘tkazish lozim. Bordi-yu kasallik paydo bo‘lsa, uni o‘z vaqtida aniqlash va sanitariya-veterinariya hamda karantin chora-tadbirlarrini qat’iy bajarish kasallikning bartaraf etilishi va keyinchalik tarqalishining oldini olish uchun hal etuvchi ahamkyatga ega bo‘ladi.



Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling