Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти


Download 426.91 Kb.
bet100/162
Sana06.02.2023
Hajmi426.91 Kb.
#1169167
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   162
Bog'liq
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik

Tashxisi. U yuqorida bayon qilingan klinik manzapa va laboratoriya tekshiruvlari hisoblangan KBR PGAR usuli, pretsipitatsiya reaksiyasi va toksoplazmin bilan teri osti sinamasi, muddatidan oldin tug‘ish va boshqalarga asoslanib ko‘yiladi.
Gondii toksoplazmasi bevosita orqa miya suyuqligida, qon, hayvonlarda biologik sinama ko‘nish bilan bioptirlangan to‘qimalarda topiladi. Amaliyotda asosan metilen ko‘ki reaksiyasidan foydalaniladi, bu reaksiya tarkibida antitelolar saqlovchi zardob bilan birikkanda tirik toksoplazmalar metilen ko‘ki bilan bo‘yalish xususiyatini yo‘qotishga asoslangan.
Kasallik yuqqandan keyin 2 xafta o‘tgach, reaksiya musbat bo‘lib qoladi.
Sitomegaliya, zaxm, chaqaloqlariing gemolitik kasalligi, listerioz va sepsisdan sinchiklab qiyosiy: tashxis qilish zarur.
Prognozi. Kasallikning turi, ona qorni ichidagi zararlanishning ifodalanganlik darajasi va davolash boshlangan vaqtga bog‘liq bo‘ladi. Kasalliknnng surunkali turlarida prognoz og‘ir bo‘ladi. Qo‘shilib ketgan kasalliklar, ayniqsa zotiljam ko‘p kuzatiladi.
Davosi. Kompleks davolanadi. Kasallikning yengil va o‘rtacha og‘ir turlarida xloridin, sulfadimezin qo‘llanilganda terapevtik ta’sirga erishish mum-kin.
Xloridin 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 5 kun mobaynida sutkasiga 0,5—1 mg miqdorda beriladi (sutkalik miqdor shakar yoki glukoza qo‘shib 2 marta qabul qilinadi). Sulfadimezin 7 kun mobaynida 1 kg tana vazki hisobidan sutkasiga 0,2 g kilib tayinlanadi (sutkalik miqdor 4 marta beriladi). Davolash bir necha kurslarga bo‘lib olib boriladi (kamida 3 kurs), bularning soni bolaning ahvoliga bog‘liq bo‘ladi. Davolash kurslari orasidagi tanaffus 1,5—2 hafta.
Simptomatik davo vositalari —A, V, S vitaminlari, kamqonlikka qarshi davolash (xloridin kurslari orasida o‘tkaziladi), plazma (20—40 ml), qon (1 kg tana vazni hisobidan 3—5 ml), vitamin B12 yurak dorilari — kofein va kordiamin, glyutamin kislotalari tayinlanadi.
Profilaktika. Homiladorlarnn, toksoplazmozi bor bemorlarni aniqlash va ularga o‘z vaqtida davo qilishdan iborat.



Download 426.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   162




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling