Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти
TOKSOPLAZMOZ (TOXOPLASMOSIS)
Download 426.91 Kb.
|
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik
TOKSOPLAZMOZ (TOXOPLASMOSIS)
Parazitar kasallik bo‘lib, nerv sistemasining surunkali kechishi, limfadenopatiya, jigar va taloqning kattalashuvi, mushak, miokard va ko‘zlarning tez-tez zararlanishi bilan ta’riflanadi. Epidemiologiyasi va patogenezi. Qo‘zgatuvchisi Gondii toksoplazmasi hisoblangan protozoy kasallikdir. Gondii toksoplazmasi nerv sistemasi hujayralariga nisbatan ifodalangan tropizmga ega. Toksoplazmozning to‘g‘ri formasida homila aniq yoki kasallikning turiga uchragan onadan zararlanadi. Klinikasi. Kasallikning klinik alomatlari ona qornida zararlanish vaqtiga, infeksiyaning oz-ko‘pligiga, parazitlar (tekinxo‘rlar) virulentligiga va ayniqsa makroorganizmlarning xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Agar bola kasallikning o‘tkir davrida (jarayon avj olib ketganda) tug‘ilsa, ichki. a’zolarda patologik o‘zgarishlar, sariqlik, gepatosplenomegaliya, dog‘simon-papulyoz va petexial toshmalar toshishi, goho ich ketishi aniklanadi. Umumiy axvol odatda og‘ir, harorat notartib xarakterda bo‘ladi. Ko‘pincha bola kasallikning ikkinchi davrida tug‘iladi, bunda markaziy asab sistemasi va ko‘zlarning zararlanish simptomlari yaqqol ko‘rinadi. Ensefalomeningit hodisalari turli darajada ifodalangan bo‘ladi. Bola kasallikning xronik (surunkali) bosqichida ham tug‘ilishi mumkin, ko‘pincha bunda markaziy asab sistemasi va ko‘zlarning qaytmas qoldiq hodisalari (gidrotsefaliya, ruhiy rivojlanishdan orqada qolish, oyoq-qo‘llarning spastik parezlari, mushak tonusining oshishi, goho pasayishi, giperrefleksiya) aniqlanadi. Ko‘zda quyidagi o‘zgarishlar: mikroftalmiya, tug‘ma katarakta, ko‘ruv nervi atrofiyasi va boshkalar kuzatiladi. Ba’zan bir vaqtning o‘zida homilaning rivojlanish nuqsonlari qayd qilinadi. Kasallikning surunkali turida quyidagi simptomlar majmui: gidro-yoki mikrotsefaliya, xorioretinit, ruhiy zaiflik kuzatilib, bular kalla suyagi rentgenda tekshirilganda aniqlanadi. Periferik qonda giperleykotsitoz yoki leykopeniya, goho atipik limfotsitlar, jarayon jadalligini ko‘rsatuvchi eozinofiliya ko‘riladi. Toksoplazmin bilan teri osti sinamasi taxminiy ahamiyatga ega, u onata yoki 2—5 yoshdan oshgan bolalarga qo‘llanadi. Download 426.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling